Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zdavkarantin» eksport qiluvchilarga tranzit yo‘laklari bo‘yicha murojaat bilan chiqdi
Bugun, 25 iyul kuni, AOKA binosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi matbuot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: Shutterstock
Brifing davomida matbuot xizmati rahbari «O‘zdavkarantin» tomonidan pandemiya sharoitida ham mahalliy mahsulotlar eksportini amalga oshirish uchun yangi tashqi bozorlarga yo‘l ochishga harakatlar bo‘layotganini ta'kidlar ekan, eksportchilarga tashkilot murojaatini ham yo‘lladi.
Unga ko‘ra, tadbirkorlar «O‘zdavkarantin» ko‘magi bilan Xitoy davlatiga nafaqat aviatransport balki Qirg‘iziston hamda Qozog‘iston davlatlari orqali avtotransport vositasida tranzit yo‘li bilan mahsulot tashishlari mumkin.
«Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini Xitoy davlatiga nafaqat aviatransport, balki Qirg‘iziston hamda Qozog‘iston davlatlari orqali avtotransport vositasida tranzit yo‘li bilan tashishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida, yo‘l xarajatlar miqdorini kamayishiga ijobiy ta'sir qiladi.
2018-2020 yillarning statistik ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilish uchun fitosanitar ruxsatlari olingan bo‘lishiga qaramasdan kunjut, yong‘oq, achchiq qalampir, qovun va anor mahsulotlari Xitoyga eksport qilinmaganligi ma'lum bo‘ldi. Shu boisdan, tadbirkorlarimizga murojaat qilamizki, xitoylik tadbirkorlar bilan shartnomalarni tuzib, yil oxirigacha eksportni amalga oshirishlari maqsadga muvofiq», – dedi Ochilova.
Matbuot xizmati rahbarining qo‘shimcha qilishicha, oxirgi yillarda Xitoy Xalq Respublikasi o‘simliklar karantini xizmati bilan olib borilgan amaliy ishlar natijasida, Xitoyga qovun eksport uchun 173ta dala va 11ta qadoqlash korxonasiga ruxsat olindi.
Shuningdek, mosh eksportini amalga oshirishga ruxsat olingan qadoqlash korxonalari soni 3 taga oshirilib, ularning umumiy soni 43 taga yetkazildi.
Bu borada yeryong‘oq eksportini amalga oshirishga ruxsat olingan qadoqlash korxonalari soni ham sezilarli darajada oshib, 20 taga yetkazilgan.
Tavsiya etamiz
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi
Jahon | 18:43 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi
O‘zbekiston | 16:23 / 26.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oddiy operatordan raqamli ekotizimgacha – UZTELECOM Yangi O‘zbekiston sari
O‘zbekiston | 17:00
-
“Boshimga qop kiydirib, harbiy bo‘linmaga olib borishdi” – Rossiya armiyasiga yollangan navoiylik yigit hikoyasi
Jamiyat | 16:05
-
Tanqiddan so‘ng: TIV o‘zbek muhojirini haqoratlagan rus millatchisiga chora ko‘rishni so‘radi
O‘zbekiston | 15:40
-
Qozog‘istonda odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat | 15:35
Mavzuga oid

11:05 / 02.09.2025
O‘zbekiston qariyb 30 mln dollarlik tarvuz eksport qildi

13:56 / 01.09.2025
O‘zbekiston quritilgan meva-sabzavotlarni Iroqqa eksport qiladi

13:43 / 29.08.2025
O‘zbekistondan quruq va quritilgan mevalar Kuvaytga eksport qilinadi

08:33 / 29.08.2025