Brifingda Bahodir Xoliqov prezident Şavkat Mirziyoyevning 23 iyul kuni qişloq va suv xöjaligi sohasini rivojlantiriş masalalariga bağişlab ötkazgan videoselektoridagi masalalar hamda taşqi investitsiyalarning loyihalarga yönaltirilişi borasida ma'lumot berdi.
U öz sözida «oxirgi yillarda sohani isloh qiliş, unga bozor mexanizmlarini joriy etiş, rezerv va imkoniyatlarni töliq işga soliş, işlab çiqarişni ilmiy asosda taşkil qilişga jiddiy e'tibor qaratilayotgani»ni qayd etdi.
«Qişloq xöjaligi – iqtisodiyotning asosiy ösiş nuqtasi va drayveri bölişi uçun sohani 2030 yilgaça rivojlantiriş strategiyasini qabul qildik.
Strategiyada belgilangan har bir vazifani amalga oşiriş uçun zarur mablağlarni hal etiş böyiça işlanyapti.
Jahon banki bilan qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş böyiça 500 mln dollarlik loyihani amalga oşiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.
2020 yilda esa sohaga qöşimça 100 mln dollar mablağlarni jalb etiş belgilangan.
Şu yilning 6 oyida davomida 85 mln dollarlik grant mablağlari jalb qilişga erişildi. Bu mablağlar agrotadbirkorlik, yer degradatsiyasining oldini oliş, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş, Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligida iqlim özgarişi ta'sirini kamaytiriş va FAO (BMTning oziq-ovqat böyiça taşkiloti – tahr.) orqali çigirtkaga qarşi kuraş kabi loyihalarga yönaltiriladi.
Şuningdek, ikki oy içida barça viloyatlarda loyihalar taqdimoti ötkazilib, uni amalga oşiriş böyiça öquv seminarlari ötkaziladi», – dedi vazir örinbosari.
Xoliqovning aytişiça, qişloq xöjaligi yönalişidagi 8ta ilmiy-tadqiqot instituti, şuningdek, vazirlik tarkibidagi bir qator taşkilotlar faoliyati ham jalb qilinayotgan mablağlar evaziga tubdan isloh qilinib, zamonaviy laboratoriyalar va uskunalar bilan jihozlanadi.
Buning uçun, Jahon bankining 124 million dollar va Yevropa Ittifoqining 2 million dollar grant mablaği yönaltiriladi.
«Ikkinçidan, raqamli qişloq xöjaligiga ötişimiz zarur va şart. Bu borada Axborot texnologiyalari vazirining alohida örinbosarini ham biriktirganmiz.
Bugun Buxoro va Andijon viloyatlarida sun'iy yöldoş ma'lumotidan foydalangan holda, yerlar va ekinlar holatini hamda agrotexnik tadbirlarni tezkor baholaş böyiça loyihalar amalga oşirilmoqda.













