Entoni Fauçi OIV/OITSga qarşi kuraş avjiga çiqqan pallada ham tahdidli maktublar olgan.
AQŞ allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauçi oilasiga nisbatan tahdidlar bölayotganini aytdi.
"Vaziyat keskin. Menga, xotinim va qizlarimga nisbatan jiddiy tahdidlar böldi. Bu qanaqasi? Nahotki bu AQŞda sodir bölayotgan bölsa?" – dedi Fauçi.
Uning sözlariga köra, koronavirusni siyosiylaştiriş mumkin emas.
"Biz jamoat soğliğini saqlaşning fundamental tamoyillari haqida gapiramiz. Odamlar qanaqasiga bunga nisbatan duşmanlarça kayfiyatda bölişlari mumkinligini tuşunmayapman", - dedi Fauçi.
Fauçining aytişiça, bu u bilan yuz berayotgan birinçi bunday holat emas. OIV/OITSga qarşi kuraş avjiga çiqqan pallada ham u tahdidli maktublar olgan.
AQŞda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq holatlar soni 4 milliondan oşgan, 145 ming kişi vafot etgan.


















