Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasini yumşatiş, aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va salomatligini saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi yangi farmonni imzoladi.
Mazkur farmon bilan quyidagi asosiy çora-tadbirlar belgilanmoqda:
1. Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va salomatligini saqlaş borasida quyidagi keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlarni amalga oşiradi:
a) Soğliqni saqlaş vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda uç kun muddatda hududlarda şakllangan ijobiy tajribadan kelib çiqib:
- mahallalar va aholi xonadonlarida yuqumli kasalliklar, şu jumladan koronavirusning oldini oliş, simptomsiz, yengil keçayotgan bemorlar va ular bilan muloqotda bölgan şaxslarga zarur tibbiy yordam körsatiş böyiça har bir oilaviy poliklinika va köp tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlarni taşkil qiliş;
- mobil guruhlar tarkibiga birinçi navbatda malakali şifokor yoki infeksionist hamda patronaj hamşirasi kiritilişini ta'minlaş;
- mobil guruhlarni dori-darmon, aloqa, transport vositalari va boşqa zarur asbob-uskuna va anjomlar (şaxsiy himoya vositalari, pulsoksimetr, pirometr va boşqalar) bilan ta'minlaş;
- mobil guruhlar uçun soddalaştirilgan yöriqnomani işlab çiqiş va tasdiqlaş;
- koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş tadbirlarini tizimli yölga qöyiş, laboratoriya tekşiruvidan ötkazişda tirbandlikning oldini oliş va aholiga qulaylik yaratiş maqsadida laboratoriya tekşiruvi amaliyotiga xususiy sektorni jalb qilgan holda














