Shu paytgacha «Yuksalish» umummilliy harakatining Dasturlar va hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Bobur Bekmurodov harakat raisi sifatida ish boshlashi kutilmoqda.

Bobur Bekmurodov 1985 yil 5 yanvarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U dastlab O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (2008 y.), so‘ngra Toshkent moliya instituti (2009 y.) tamomlagan. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan.

Ma'lumot uchun, harakat davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida fuqarolar, xorijda istiqomat vatandoshlar, shuningdek NNTlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi. Uning raisi bir vaqtning o‘zida Oliy Majlis deputati bo‘lishi talab etiladi.