Içki işlar mulozimi «plan»ni töldiriş uçun kuniga 5tadan ma'muriy bayonnoma tuzişga topşiriq berdi
|06:31 / 27.07.202067 1937 min
Olmazor tuman IIO FMB HPB maxsus topşiriqlar böyiça inspektori podpolkovnik Farrux Xolov Telegram messenjeridagi maxsus guruhda ovozli xabar qoldirib, tumanda belgilangan reja tölmayotgani, fuqarolarga nisbatan juda kam ma'muriy bayonnoma tuzilayotgani, natijada Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari Mahkam Vafoyev boşçiligida ötgan katta majlisda e'tiroz eşitganini ta'kidlab, barça içki işlar organlari xodimlarini qattiq koyigan va har bir profilaktika inspektori turli moddalar böyiça kuniga 5tadan ma'muriy bayonnoma tuzişi haqida topşiriq bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi (avvalgi tuman IIB)da bölib ötgan majlisdan yozib olingani taxmin qilingan ovozli xabar tarqaldi.
ÖzA'ning aniqlaşiça, ovozli xabar Toşkent şahar Olmazor tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi maxsus topşiriqlar böyiça inspektori podpolkovnik Farrux Xolovga tegişli.
Ovozli xabarda Xolov Olmazor tumani fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzişda juda kam körsatkiçga egaligi, natijada bu yuqori turuvçi rahbarlarni qanoatlantirmayotgani, tuman rahbarlari şahar miqyosida ötkazilayotgan yiğilişda buning uçun qattiq gap eşitişayotganini ta'kidlagan.
Podpolkovnik uşbu kamçilikni zudlik bilan bartaraf etiş uçun bugundan boşlab har bir profilaktika inspektori fuqarolarga nisbatan turli moddalar böyiça 5tadan ma'muriy bayonnoma tuziş böyiça topşiriq bergan.
Ovozli xabarda, jumladan, şunday deyiladi:
«Olmazor tumani HPB (tahr. – huquqiy profilaktika bölimi) boşliqlari, 1-GOM, 2-3-5-6-8-GOM (tahr. – GOM – hududiy içki işlar bölimi). Hozir selektor tugadi, şahar rahbariyati – Vafoyev ötkazdi (tahr. – polkovnik Mahkam Vafoyev, Toşkent şahar IIBB boşliğining yoşlar masalalari böyiça örinbosari). Juda «jyostkiy» böldi selektor. Sörov qattiq böladi.
Olmazor tumani «voobşçe» dabdala qildi. Sizlarning qöl ostingizda xodimlar işlayaptimi, «uçastkovyy»lar? «Rezultat» qilmagandan keyin, hammamiz dabdala böldik.
Olmazor tumani yöq, «bolşe ne suşçestvuyet» biz uçun deyapti. Hozir eşit, diqqat bilan! Keçqurun ham 22:00da selektor, men kiraman. Lekin qaysi «GOM» «rezultat» bermasa, men aytaman hozir qanaqa «rezultat»ligini, men qöyib beraman. Uç kundan buyon «protokol» (tahr. – huquqbuzarlik uçun tuziladigan ma'muriy bayonnoma nazarda tutilmoqda) bermayapsizlar.
Mavzuga oid
Mayli, heç bölmasa kunduzi 15-20 nafar «uçastkovyy» çiqsa, ikkitadan «protokol» qilsa ham 40ta böladi. Balo ham yöq. Keça 11ta «protokol», ötgan kuni 6ta, uç kun oldin 6ta.
Kimdir işga çiqyapti-ku kunduz kuni. Men yozib olaman, kunduz kuni qaysi «uçastkovyy» işlayapti va keçqurungaça u nima iş qildi, neçta «protokol» tuzdi. Har bir «uçastkovyy» beştadan «protokol» tuzsin, har xil modda bilan. Mayli, agar sud işlamasa, «arest» (tahr. – ma'muriy qamoq jazosi) qilmasin, jin ursin. Boşqa modda bilan «protokol» tuzsin.
Qiyin bölyapti javob beriş, sizlar kirmaysizlar-da selektorga. Ketgan bölasizlar öşa paytda. Mayli, qatnaşmanglar, lekin «rezultat» qilib beringlar.
Menga gapiryapsan «odamlar ölib ketyapti» deb. Qölingdan kelmaydi odamlarni qutqariş. Faqat şuning oldini oliş böyiça işlaysan, kimgadir yordam berasan, 183 böyiça «protokol» tuzilsa, şu yordaming böladi (tahr. – MJtK 183-moddasi (mayda bezorilik) nazarda tutilmoqda). Boşqa narsa qölingdan kelmaydi odamni qutqariş uçun. Işdamisan, demak işlaş kerak. Koronavirus, koronavirus, koronavirus deysanlar. «Rezultat» qilib ber menga, «rezultat» sörayapmiz sendan.
54 böyiça mahallada yursa, dalolatnoma, raport, rasmga ol, yuboramiz SESga (tahr. – MJtK 54-moddasi (epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş) nazarda tutilmoqda). Yoki boşqa material töpla, mingta odam niqobsiz yuribdi.
ÖzA muxbiri F.Xolov bilan boğlanib, holat böyiça uning munosabatini söragan.
– Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani içki işlar organlari xodimlarining majlisidan yozib olingani taxmin qilingan bir ovozli xabar tarqaldi va undagi ovoz sizga tegişli ekani haqida ma'lumot oldik. Haqiqatdan bu ovoz siznikimi?
– Ha, bu ovoz meniki.
– Bu voqea qaçon bölgandi? Va özi umuman bu böyiça qanday izoh bera olasiz?
– Bu voqea 14 iyul kuni bölgan. Telegramda tuman rahbariyati va 8ta hududiy IIB rahbarlari a'zo bölgan guruhimiz bor. Öşa yerda körsatma va topşiriqlarni yetkazamiz. Bu ovozli xabarni öşa içki guruhda qoldirgandim. Lekin qanaqa qilib keyin bu tarqab ketdi, oçiği bilmadim.
Eşitgan bölsangiz, biz har doim xodimlardan iş talab qilamiz. Iş körsatkiçini talab qiliş 100 yil oldin ham bölgan, 100 yil keyin ham böladi. Misol uçun, fuqarolar niqobsiz yursa, baribir çora köriş kerak, yöqsa bir-biriga yuqadi, kasallik tarqaydi. Qayerdadir janjal bölsa, profilaktika inspektorini yuboramiz, çora köradi, oğir jinoyatlarning oldi olinadi. Bu faqat oldini oliş uçun, tinçlik-osoyiştalikni ta'minlaş uçun qilingan narsa edi, birovlarga yomonlik uçun emas.
Nonvoy non yopsa, oylik oladi. Bizning profilaktika inspektorlari esa hududini körikdan ötkazsa, şu hududda huquqbuzarliklar bölmasa, şunga oylik oladi. Iş körsatkiç bölişi uçun ma'muriy bayonnoma qiladi-da u.
– Ovozli xabardan anglaşiladiki, demak, içki işlar xodimlari uçun ma'muriy bayonnoma tuziş böyiça kunlik reja bor ekan-da?
– Heç qanaqa reja yöq, lekin huquqbuzarlik har kuni baribir sodir etilyapti, töğrimi? Agar niqob böyiça çora körmasa, hamma niqobsiz yuradi va bir-biriga yuqtirib, vaziyatning dabdalasini çiqaradi. Aniq reja yöq, faqat vaziyatdan kelib çiqqan holda qilinadi bu işlar. Qayerdadir huquqbuzarlik köp bölyapti, baribir profilaktika inspektorlari umuman işlamasa, umuman çora körmasa, bölmaydi-ku.
Eslatib ötamiz, içki işlar vaziri maslahatçisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov ötgan oyda Kun.uz`ga bergan intervyusida yöl-patrul xizmati inspektorlari misolida içki işlar organlari xodimlaridan «bugun neçta protokol qilding» deb söraş odatiga çek qöyilganini aytgandi.
«Içki işlar vazirligi rahbariyati bunga qarşi kuraşadi. Bugun neçta protokol qilding, bugun neçta mast topding, deb söroq qilinadigan holatlardan yiroqmiz. Bizning asosiy vazifa – tinçlikni, köçalarda odamlar ölmasligini ta'minlaş.
Töğri, biz xodimlardan ularning hududida sodir bölgan avariyalar uçun hisob söraymiz, ammo bugun neça kişini jarimaga tortding, deb söramaymiz. Bunga barham berildi», – degandi Zokirjon Almatov.