Internetda Olmazor tumani IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi bölimi katta inspektori, podpolkovnik Farrux Xolovning tuman IIO FMB profilaktika inspektorlariga içki işlar organlari şaxsiy tarkibidan iş natijalarini oşirişni talab qilib yöllagan murojaati audioyozuvi tarqaldi.
Toşkent şahar IIBBning ma'lum qilişiça, profilaktika inspektori oldida huquqbuzarliklarni aniqlaş va oldini oliş, qoidabuzarlarga nisbatan qonuniy çora köriş vazifasi turadi. Mayda bezorilik, maişiy janjallar kabi huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan aholi orasidagi profilaktik işlar muntazam ravişda olib borilişi zarur, şuningdek kuçli ta'sir qiluvçi va psixotrop preparatlar, giyohvandlik moddalarining noqonuniy savdosi bilan boğliq jinoyatlarga qarşi öz vaqtida çora köriş zarur. Bu kabi huquqbuzarlik va jinoyatlar aniqlangan taqdirda profilaktika inspektori qonuniy çora körişi, qonunbuzarlik faktini yaşirmasdan, holatni qonuniy rasmiylaştirişi zarur.
“Natija” sözidan murod – profilaktika inspektorlarining iş sifatidir. Buning körsatkiçi esa aholining huquqiy savodxonligining oşişi, jinoyat va huquqbuzarliklar sonining pasayişida ifoda topib, körilgan çoralarning samarasidan darak beradi.
Rejaga töxtalsak. “Reja” sözini rasmiylaştirilgan bayonnomalar soni deb tuşuniş notöğridir. Har qanday faoliyatda iş rejasi zarur böladi. Profilaktika inspektorlarining iş rejasi deganda aholi bilan, fuqarolarning alohida toifasi bilan işlaş rejasi nazarda tutilib, mazkur reja işonib topşirilgan mahalla hududidagi kriminogen holatdan kelib çiqqan holda muvofiqlaştiriladi”, - deyiladi ma'lumotda.
Şaxsiy tarkibga vazifalarning notöğri yetkazilişi munosabati bilan, rahbar bölmagan va şaxsiy tarkib oldiga vazifa qöyiş vakolatiga ega bölmagan Olmazor tumani IIO FMB xodimiga nisbatan xizmat tekşiruvi belgilandi.
Eslatib ötamiz, ovozli xabarda Xolov Olmazor tumani fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzişda juda kam körsatkiçga egaligi, natijada bu yuqori turuvçi rahbarlarni qanoatlantirmayotgani, tuman rahbarlari şahar miqyosida ötkazilayotgan yiğilişda buning uçun qattiq gap eşitişayotganini ta'kidlagan.
Podpolkovnik uşbu kamçilikni zudlik bilan bartaraf etiş uçun bugundan boşlab har bir profilaktika inspektori fuqarolarga nisbatan turli moddalar böyiça 5tadan ma'muriy bayonnoma tuziş böyiça topşiriq bergan.












