Rossiyaning Xabarovsk ölkasidagi mojarodan çiqiş yölini hokimiyat ham, namoyişçilarning özlari ham körsatolmayapti, deb yozadi Mixail Şevçuk.

Şaharliklar Xabarovsk ölkasi gubernatori vazifasini bajarayotgan Mixail Degtyaryovga qarşi, ular hibcga olingan sobiq gubernator Sergey Furgalni qöllab-quvvatlaşmoqda.
Foto: Dmitriy Morgulis / TASS

Rossiya Tergov qömitasi tergovçilari FXX bilan birgalikda Sergey Furgalni qölga olişganidan söng Xabarovsk xalqining federal markazga tabiiy ravişda paydo bölgan oçiqdan oçiq qarşiligi yilning eng diqqattortar siyosiy voqeasiga aylandi. Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş böyiça ovoz beriş ham ikkinçi planga çekindi — bu yerdagi natija va ehtimolli e'tirozlar ham oldindan ma'lum edi, biroq Xabarovkdagi «isyon» tobora qizimoqda va uning nima bilan tugaşi ham noma'lum.

Bunday töqnaşuvga Rossiya ilk marta duç kelib turibdi. Ğazabga mingan aholi hudud rahbari iste'fosini talab qilgan paytlar bölgan. Masalan, Kaliningradda 2009-2010 yillarning qişida yoki Inguşetiyada 2018 yilda. Kreml öşanda yon berişga majbur bölgan: Kaliningrad gubernatori Georigiy Boosni keyingi muddat saylovi nomzodlari orasiga qöşişmagan (öşanda gubernatorlar uç nomzod orasidan tayinlanardi), Inguşetiyada esa prezident ma'muriyatida bir neça mansabdor lavozimidan ayrilgan, rahbar Yunusbek Yevkurov esa mitinglardan söng iste'foga çiqqan.

Biroq, Moskvaning öz xohişiga köra kimnidir işdan böşatiş huquqi heç qaçon heç kim tomonidan söroq ostiga olinmagandi. Aksinça, bu huquqni nomaqbul gubernatorning raqiblari doimo olqiş bilan kutib olişgan. Yuriy Lujkov kabi maşhur rahbarlarning iste'fosi ham öz vaqtida sözsiz qabul qilingan. Uzoq Şarqning öziga xos siyosiy xususiyatiga qaramasdan, Aleksandr Xoroşavinni (2007-2015 yillarda Saxalinsk oblasti gubernatori) himoyalab heç kim köçaga çiqmagan edi, 2018 yilda Primore ölkasida hukmron partiya uçun muvaffaqiyatsiz ötayotgan gubernatorlik saylovlarining bekor qilinişi ham Kreml uçun oğriqsiz yakun topgandi.

«Öz gubernatorlari»ni himoya qilayotgan xabarovskliklar heç narsaga unaşmayapti — na koronavirus bilan qörqitişlariga, na Jirinovskiy tomonidan aytilgan Furgal özi ketmoqçi bölib yurgani haqidagi «insayd»larga, na namoyişlar xorijdan turib boşqarilayotgani haqidagi şamalarga. Mitinglarda borgan sari hududiy nota yangramoqda — Moskvaga qarşi şiorlar paydo bölgan, Xabarovsk ölkasi bayroğidan juda köp foydalanilmoqda. Furgal nomiga yoğdirilayotgan ayblovlar ham ularni zarraça taşvişlantirayotgani yöq, çunki ölka va şahar nomiga qöyilgan Yerofey Xabarov ham öz vaqtida zindonband qilingan.