Xorijdagi ish joyiga keta olmagan 500 mingga yaqin kishining 76,2 ming nafariga bandlikni ta'minlash xizmati ko‘rsatilgan - vazirlik
Yanvar–iyun oylari davomida 219 657 nafar fuqaro mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan. Ularning 122 805 nafari Rossiyadan, 63 636 nafari Qozog‘istondan, 7 144 nafar Turkiyadan va 3376 nafar Janubiy Koreyadan hamda 22 697 nafari boshqa chet davlatlardan qaytgan.

Bugun, 27 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Rahimjon Mahkamov mehnat bozoridagi tahlillar bilan tanishtirdi.
Vazirlik rasmiysining ta'kidlashicha, karantin cheklovlari natijasida xorijiy davlatlardagi ish joylariga keta olmagan 500 mingga yaqin fuqaroning 76,2 ming nafariga bandlikni ta'minlash xizmatlari ko‘rsatilgan.
«Ularning 68,7 mingi jamoat ishlariga jalb etildi va ish haqi to‘lovi uchun 21,8 milliard so‘m Jamoat ishlari jag‘marmasi hisobidan moliyalashtirib berildi. Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar ajratish orqali 4 mingga yaqin fuqaro shaxsiy tomorqalarida va 2,5 mingdan ortiq fuqaro esa kooperativlarga a'zo sifatida biriktirilib, ularning bandligi ta'minlandi.
Ma'lumotga ko‘ra, poytaxt va Toshkent viloyati hududidagi qurilish tashkilotlariga respublikaning boshqa hududlaridan qurilish sohasida ishlash istagida bo‘lgan, asosan, xorijga ishlash uchun keta olmagan 4,5 ming o‘zbekistonlik vaxta usulida ishga joylashtirilgan.
Shuningdek, brifingda yanvar–iyun oylari davomida 219 657 nafar fuqaro mehnat migratsiyasidan qaytib kelgani, ularning 122 805 nafari Rossiyadan, 63 636 nafari Qozog‘istondan, 7 144 nafar Turkiyadan va 3376 nafar Janubiy Koreyadan hamda 22 697 nafari boshqa chet davlatlardan qaytgani ma'lum qilindi.
«Xorijdan qaytib kelgan fuqarolarning 201,4 ming nafari uyma-uy yurib o‘rganildi va ularning 100,6 ming nafarining (50 foiz) bandligi ta'minlandi», dedi vazirlik matbuot kotibi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

10:12 / 01.05.2025
O‘zbekiston noqonuniy migrantlarni yurtiga qaytarish bo‘yicha boshqalarga namuna – Tramp ma’muriyati

18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi

15:16 / 03.04.2025
Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi

17:25 / 28.03.2025