Internetda IIV xodimlariga «plan» qo‘yilishi hamda oylikdan kesilishi haqida yana bir audioyozuv tarqaldi. Vazirlik rasmiysi munosabat bildirdi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda IIV xodimlari qiynalib, oyliklari yetmayotgani, majburiy «plan» qo‘yilishi haqidagi audiolar tarqalmoqda. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov AOKAda o‘tkazilgan brifingda bu boradagi savollarga javob berdi.

26 iyul kuni internetda Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi katta inspektori, podpolkovnik Farrux Xolovning tuman xodimlardan ish natijalarini oshirishni talab qilib yo‘llagan murojaati audioyozuvi tarqalgandi.
Unda Xolov Olmazor tumani fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzishda juda kam ko‘rsatkichga egaligi, natijada bu yuqori turuvchi rahbarlarni qanoatlantirmayotgani, tuman rahbarlari shahar miqyosida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda buning uchun qattiq gap eshitishayotganini ta'kidlagan.
G‘iyosovning aytishicha, ichki ishlar tizimi «bunday nomaqbul ish uslubidan allaqachon qutulgan».
«Hozirda xodimlarimizga bunday talablar qo‘yilmaydi. Agar kimda bu haqda ma'lumot bo‘lsa, 1102 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishini so‘raymiz. Biz ijrochiga ham, rahbariga ham qa'tiy chora ko‘ramiz. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi», deydi u.
28 iyul kuni esa ichki ishlar xodimi sifatida gapirgan noma'lum shaxsning ovozli xabari tarqaldi. Unda ham rahbariyat «10ta keltirish»ni (qoidabuzarlarni Ichki ishlar binosiga keltirish nazarda tutilmoqda - tahr.) talab etishini aytib o‘tgan. Ma'lum qilinishicha, «12 soatlik ish faoliyatidan so‘ng, bo‘limga borganda 20 kishidan kazarmaga olib qolinadi».
Ovozli xabar egasi 2 million so‘mlik oylikning 15 foizi Covid-19 tufayli, 35 foizi esa Sardoba fojiasi oqibatlarini bartaraf etish uchun majburan olib qolinganini bildirgan.
Toshkent shahar IIBB rasmiy vakili ushbu audioyozuv masalasida hali rasmiy izoh bermadi. IIV matbuot kotibi esa brifingda shunday masalalar yuzasidan umumiy munosabat bildirdi.
«Hozir hech kimga oson emas. Albatta, bugungi kunda ichki ishlar organlariga qo‘yilayotgan yuklama ko‘p marta oshgan. Bizning xodimlar orasida ham kasallanganlar, karantinda saqlanayotganlar va shu kasallikdan vafot etganlar bor. Lekin ichki ishlar organlari xodimlari har qanday vaziyatda oldilariga qo‘yilgan vazifani bajaradilar, bunga bizning kuch va vositalarimiz yetarli», degan u.
Shu bilan birga, oylik kamligi va oylik qirqilishi haqidagi davolar izohsiz qoldirilgan.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
Jahon | 16:46
-
Qarshi shahri hududi qariyb 2 barobar kengayadi
O‘zbekiston | 16:41
-
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
O‘zbekiston | 16:13
-
Diniy qo‘mita Umra litsenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi
O‘zbekiston | 15:54
Mavzuga oid

18:31 / 11.03.2025
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

22:17 / 05.03.2025
Putinga politsiya xodimlari ommaviy ravishda xizmatdan bo‘shatilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi

12:10 / 05.03.2025
Bosh prokuratura va IIV bir-birini tiyib turishi kerakligi aytildi

23:04 / 04.03.2025