Viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lumotiga köra yonğin bugun, 29 iyul kuni ertalab sodir bölgan. Yonğin xavfsizligi otryadlari ofatni bartaraf etişgan.

Buxoro viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmatining Kun.uz`ga ma'lum qilişiça, 29 iyul kuni soat 09:50da Jondor tumani favqulodda faziyatlar bölimi dispetçerlik xizmatiga yonğin haqida xabar kelib tuşgan. Xabarda «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari» AJga qaraşli 110-35-10 kvli Jondor podstansiyasida yonğin bölayotgani aytilgan. 

Belgilangan manzilga 5ta yonğin qutqaruv avtoekipajlari jalb etilgan. Yonğin oqibatida 1 dona 10 000 kvli transformatorning içki qismidagi elektr simlari va 15 tonna moy yongan.

Yonğin sodir bölgan manzilga 3 km. masofadan soat 10:00da yonğin qutqaruv bölinmalari yetib borib, 10:25da alanga örab olingan va 11:30da batamom öçirilgan. Yonğin sabab fuqarolarning kuyiş va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmagan. Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining aniqlik kiritişiça, yonğin oqibatida tumandagi 52ta mahallaning 50tasida elektr ta'minoti uzilgan.