Buxoroda haydovçi Cobalt maşinasda YPX xodimini urib yubordi. Holat 28 yanvar kuni Jondor tumani markazida sodir bölgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda YPXning ikki nafar xodimi ikkinçi yölakda töxtab turgan avtomobil yonida turgani, keyin avtomobil keskin harakat bilan ulardan birining ustiga yurgani, aks etgan.

Kun.uz’ga ma’lum qilinişiça, inspektor qoidani buzib boşqa maşinalarga xalaqit berib turgan Cobalt haydovçisiga notöğri töxtab turgani uçun jarima yozişini aytgan. 45 yoşli haydovçi esa xodimning qonuniy talabini bajarmasdan maşinasi bilan uni urib yuborib, keyin harakatdagi Matiz’ga borib urilgan.

YPX xodimi tan jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Özbekiston boş prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov xabar berişiça, Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqarolik burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi hibsga olingan.