«Tumandagi 110/35/10 kVli «Jondor» nimstansiyasidagi 10 000 kVA quvvatga ega transformatorda qisqa tutaşuv yuz bergani natijasida yonğin kelib çiqqan. Yonğin FVVligi yordamida töliq bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yöq.

Şu örinda yonğin natijasida tumanning 50 dan ortiq mahalla iste'molçilari vaqtinçalik elektr energiyasiz qolgani, ayni paytda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan hodisa oqibatida elektr jihozlariga keltirilgan zarar bartaraf etilib, elektr energiyasidan uzilgan hududlar töliq qayta tarmoqqa ulanganini ta'kidlab ötiş joiz», deya jamiyat axborot xizmati rahbari Faxriddin Nuraliyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq 29 iyul kuni elektr stansiyasida sodir bölgan yonğin oqibatida  tumanning aksar qismi elektrsiz qolgani xabar berilgan edi.