Qanday parhez salomatligimiz va sayyoramizni qutqarib qoladi?
|20:51 / 30.07.202028 9579 min
Olimlar soğlom taomlaniş böyiça mavjud milliy tavsiyalar insonlarga ham, atrof-muhitga ham salbiy ta'sir ötkazişini aniqlaşgan. Özi ideal parhez bormi bu dunyoda?
Foto: UnsplashFoto: Unsplash
Yaqinda xalqaro olimlar jamoasi tomonidan ötkazilgan tadqiqotda butun jahonda soğlom ovqatlaniş böyiça rasmiy maslahatlar nafaqat odamlar salomatligini, şuningdek atrof-muhit holatini ham xavf ostida qoldirişi körinib qoldi. Ma'lumki, jahon böylab ajralib çiqayotgan issiqxona gazlarining çorak qismi oziq-ovqat sanoatiga töğri keladi, notöğri ovqatlaniş esa yiliga millionlab bevaqt ölim sababçisi bölmoqda. Tadqiqotçilar hukumatlarning aholiga soğlom ovqatlaniş böyiça adekvat tavsiyalar bera olmasligi «şokka» tuşişgan.
Ularning tadqiqot işi The British Medical Journal (BMJ) ilmiy jurnalida çop etilgan. Barça ma'lum parhez tavsiyalarining tahlilini Oksford universitetidan Marko Springman qöl ostidagi jamoa ötkazgan. Ularga Adelaida universiteti (Avstraliya), Harvad va Taft universiteti (AQŞ) olimlari qöşilişgan.
Olimlar 85 davlatdan soğlom oavqatlaniş böyiça parhez tavsiyalaridagi asosiy maslahatlarni töplab çiqib, uning soğliqni saqlaş va atrof-muhit muhofazasi töğrisidagi 2015 yilgi Parij bitimi sohasidagi global maqsadlarga (ularning orasida yuqmaydigan kasalliklardan bevaqt ölimni uçdan bir qismga kamaytiriş hamda global isişni ikki Tselsiy darajasiga kamaytiriş ham bor) nisbatan modellaştirişgan.
Olimlar milliy parhez tavsiyalarining naq 98 foizi soğliqni saqlaş va atrof-muhit sohasidagi global maqsadlarning kamida bittasiga mos kelmaydi, degan xulosaga kelişdi.
Allaqaçon amalda bölgan milliy tavsiyalarga örtaça rioya qiliş «bevaqt ölimlar sonini 15 foizga kamaytirişi, jahon oziq-ovqat tizimlaridan ajralib çiqayotgan issiqxona gazlarini esa 13 foizga qisqartirişi mumkin», deya iqtibos keltiradi News Medical
Mavzuga oid
naşri tadqiqot iştirokçilaridan biri Adelaida universiteti olimi Lyuk Spajikdan.
Eskirgan maslahatlar
«Hukumatlar aholiga soğlom ovqatlaniş borasida tavsiyalar berişda özining favqulodda nönoqligini namoyon etmoqda, — deydi Marko Springman. — Köplab davlatlardagi amaldorlar garçi mutlaq yuqori emissiya va resurs talab etişiga qaramasdan göşt iste'molini kamaytiriş böyiça aniq tavsiyalar berişdan qoçişadi». Uning sözlariga köra, ovqatlaniş rejimining ekologik oqibatlari guvohliklari köpayişda davom etmoqda, şu sababli rasmiy tavsiyalar kun tartibini hisobga oliş kerak.
Körib çiqilgan 85 ta davlatdan faqat ikkitasida — Indoneziya va Serra-Leoneda ekologiya va salomatlik sohasidagi Parij bitimining maqsadlariga mos keluvçi tavsiyalar işlab çiqilgani ma'lum böldi. Bu holatda soğlom oziqlaniş böyiça milliy tavsiyalar mavjud mamlakatlarning yarmisidan kamroğida ulardan biriga rioya qilinadi. Birorta davlat tavsiyalarning barçasiga töliq amal qilmagan.
Spajikning tan olişiça, u natijalardan aslo hayron bölmagan, çunki tadqiqotda örganilgan köplab milliy tavsiyalar uzoq vaqt mobaynida yangilanmagan va ekologik barqarorlik bilan boğliq maslahatlar kiritilmagan.
«Masalan, Avstraliyada tavsiyalar sönggi marta 2013 yilda e'lon qilingan, ularda barqaror ekologik rivojlanişni hisobga oluvçi parhezlar yöq», — deydi u. Bu holda, olimlar ön yillardan buyon soğlom turmuş tarzini milliy tavsiyalarga qöşiş kerakligi haqida bong urib kelişadi.
Taqqoslaş uçun olimlar JSSTning oziqlaniş böyiça tavsiyalari (u milliy tavsiyalardan ança yaxşiroq ekani ma'lum böldi), şuningdek, YeAT-Lancet komissiyasining 2019 yilgi soğlom oziqlaniş böyiça yanada qat'iyroq maslahatlarini joriy etişning ehtimolli natijalarini ham hisoblaşdi. Olimlar faqatgina mana şularni bajariş insoniyatga ham, sayyoraga ham foyda bölişini ta'kidlaşmoqda.
Asosiysi — qulaylik va arzonlik
Ilmiy hamjamiyat Springman jamoasining işiga ijobiy baho berdi, faqat ayrim kiçik şartlar bilan. JSST oziqlaniş sohasida hamkorlik markazi rahbari, professor Françesko Kapuççio tadqiqotni «yangi barqaror oziq-ovqat siyosatini işlab çiqişda muloqot olib boriş uçun juda yaxşi platforma», deb baholagan, biroq taqdim etilgan tahlil uning fikriça, noaniq va töliq bölmagan ma'lumotlar asosida kesişgan tadqiqotlarga asoslangan.
Bunday tahlil uçun bilvosita natijalar minusiga Lids universiteti oziqlaniş epidemiologiyasi va jamoat salomatligi professori Janet Keyd ham işora qilmoqda. «Köplab mamlakatlarda oziqlaniş ratsioni böyiça milliy tadqiqotlar ötkaziladi, biroq ularning barçasi turli usullardan foydalanişadi, bu esa ularni kombinatsiyalaşda qiyinçilik tuğdiradi. Biroq, mazkur tadqiqotda foydalanilgan BMTning oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) balans hisobotlari aslida u yoki bu mamlakatdagi iste'molni emas, öşa yerdagi oziq-ovqatning mavjudligini hisoblaydi».
London qirollik kolleji oziq-ovqat fanlari departamenti katta öqituvçisi doktor Sara Berrining fikriça, tadqiqotning asosiy ustunligi «jahonning köplab hududlaridan turli demografik körsatkiçlar hamda salomatlik bilan boğliq turli-tuman parhez talablari va masalalarini qamrab oluvçi parhez tavsiyalarining qöşilganligi»dir.
Uning hisoblaşiça, bunday tavsiyalarni işlab çiqişda, umumiy tarzda ularning individual darajada qöllaşning madaniy afzallik, oziq-ovqatga yetişiş va budjetdan kelib çiqadigan amaliy maqsadga muvofiqlik hisobga olinişi zarur. YeAT-Lancet komissiyasining parhez maslahatlari (insonlar uçun ham, atrof-muhit uçun ham) amaldagi milliy tavsiyalardan foydaliroq, biroq köplab insonlar unga yetişa olmaydi.
Jahonni qutqaruvçi parhez
EAT-Lancet komissiyasi (nufuzli The Lancet jurnali hamda Eat Forum formuni tomonidan ta'sis etilgan) soğlom oziqlaniş va barqaror rivojlaniş boğliqligi töğrisidagi hisobotni 2019 yilning boşida e'lon qilgan. Tavsiya etilayotgan parhez «Kelajakda 10 milliard kişini (2050 yilda sayyorada şunça odam yaşaydi) soğlom ovqat bilan töydira olamizmi?» degan savolga javob böldi va qişloq xöjaligining iqlim özgarişi, yovvoyi tabiatning vayron bölişi hamda daryolar va dengizlarning ifloslanişdagi katta rolini körsatib berdi.
Umuman olganda, u qizil göşt, sut va şakar iste'molini kamaytiriş, ratsionda sabzavotlar, mevalar, donli mahsulotlar va yonğoqlar miqdorini ikki barobar oşirişga qaratilgan. Komissiya hisob-kitoblarga köra, parhez yiliga 11 million kişini nosoğlom ovqatlaniş tufayli ölimdan saqlab qolişga qodir, şuningdek biz yaşayotgan muhitni kollapsdan ham asrab qoladi.
«Butun jahonda oziqlanişni tubdan özgartiriş kerak», — deydi komissiya yetakçilaridan biri Harvard universitetidan Uolter Uillet. Uning ta'kidlaşiça, «soğlom sayyoraviy parhez» deganda gap qandaydir oç qoliş haqida emas, «oziq-ovqat soğlom va foydali bölişi» haqida ketmoqda.
Springman hamkasblari bilan uşbu parhezning qöllanişini modellaştirib, u bevaqt ölimni uçdan bir qismiga qisqartirib, issiqxona gazlarini esa çorak qismga kamaytirib parij bitimi global maqsadlari yutuqlariga erişişga yöl oçişi mumkin, degan xulosaga kelişdi.
Biroq, BMJda tadqiqotga taqriz bilan çiqiş qilgan Germaniyaning Frayburg universitetidan Lukas Şvingşakl va uning hamkasblarining fikriça, EAT-Lancet komissiyasi parhezining qöllanilişi «daromad darajasi past bölgan mamlakatlar aholisi uçun agar u yerda iqtisodiy ösiş hamda mahalliy oziq-ovqat sanoatida yaxşilaniş bölmasa qimmatlik qiladi».
Birgina göşt bilan emas
Doktor Springman esa, öz navbatida, EAT-Lancet komissiyasining qizil göşt va sut mahsulotlari böyiça ambitsiyali tavsiyalari har dardga davo böla olmasligini, biroq ajoyib jönaş nuqtasi böla olişini aytib ötgan. «Oziq-ovqat siyosati bizni milliy tavsiyalarga böylaşiş uçun rağbatlantirişi kerak, bu esa aholiga soğlom oziqlaniş qanday bölişi töğrisida axborot beruvçi jamoat salomatligi maqsadli kampaniyalariga investitsiyalar kiritişni taqozo etadi», — deb hisoblaydi u.
Uning jamoasi jahonga oziqlaniş sohasida islohot, zamonaviy fan bilan hamqadam, göşt va sut mahsulotlari köp miqdorda iste'mol qilinadigan hududlarda (masalan, AQŞda) ularni qat'iy çeklaş bilan boğliq yangi tavsiyalar kerak, degan xulosaga kelgan.
«Lekin eng yaxşi tavsiyalar ham toki soğlom turmuş tarzi propaganda bilan quvvatlanmas ekan, ma'niga ega bölmaydi, — deydi Springman. — Bu esa katta investitsiyalar talab etadi. Butun oziq-ovqat tizimi, ayniqsa oziq-ovqat kompaniyalari ustidan astoydil boşqaruv, şuningdek, maktablar va ofis oşxonalarida menyu tahrir qilinişi lozim».