Mutaxassis «O‘zbekiston 24» telekanalidagi chiqishida koronavirusga qarshi kurashda zaruriy uskunalar ta'minoti bo‘yicha ma'lumot berdi.
«Shu kecha-kunduzda «O‘zekspomarkaz» taqsimot markazida 500ta, Zangiota tumanidagi shifoxonada 500ta – jami 1000ta kislorod bilan ta'minlangan koyka hozirlandi. Respubilkadagi boshqa hududlarda ham yaqin orada 1500ta kislorodli koyka tayyorlanishi rejalashtirilgan.
Eng so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, kasalxonalar qo‘shimcha 924ta sun'iy nafas apparati, 2567ta SEPAP (o‘pkaning sun'iy ventilyatsiyasi) asbobi, 1866ta kislorod konsentratorlari bilan ta'minlandi», dedi Feruza Hamroboyeva.
Shtab a'zosining so‘zlariga ko‘ra, PZR-testlarini olish ko‘nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash uchun umumiy amaliyot laborantlari, oliy ta'lim muassasalarining biologiya yo‘nalishi bitiruvchilari virusolog laborantlar sifatida qayta o‘qitilmoqda.











