Bu ma'lumot tarqalişi ortidan saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda yana koronavirusga çalinganlar statistikasiga oid raqamlar böyiça bahs-munozaralar boşlandi. Gap şundaki, prezident matbuot xizmati ayni paytda davolanayotganlar soni 6570 nafarligini bildirgan bölsa, Soğliqni saqlaş vazirligining şu kunga oid ma'lumotlarida bu körsatkiç 2123 kişi deb körsatilgan.

Kun.uz muxbiri uşbu holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev bilan boğlandi. 

– Çindan ham raqamlardagi bu tafovut yana köpçilikda şubhalar tuğilişiga sabab böldi. Prezident matbuot xizmati ma'lumotlarida Özbekiston böylab 89ta davolaş profilaktika muassasalarida COVID-19 kasalligini davolaşga möljallangan 17,5 mingta örinlar tayyorlangani, ularda 6570 nafar bemor davolanayotgani bildirilgan. Bu töğri ma'lumot. Köpçilikning e'tirozlariga sabab bölgani bizning öşa kungi statistik raqamlarimizda 2123 bemor bor deb körsatilgani böldi.

– Xöş, buning qanday izohi bor?
– Hammasi juda oddiy va bu borada bir neça marta izoh berganmiz. Soğliqni saqlaş vazirligi faqat koronavirus infeksiyasi laborator tahlillarga asosan aniqlangan bemorlarnigina statistikaga kiritadi. 6570 nafar bemor davolanayotgani rost, ammo ularning 2123 nafaridagina bu virus rasman tasdiqlangan.

Kasallik gumon qilingan va ayrim simptomlari mavjud bölib, lekin infeksiya tasdiqlanmagan, şuningdek, pnevmoniyaga çalingan yoki unga ham gumon qilingan bemorlar, tabiiyki, koronavirus bilan boğliq umumiy rasmiy statistikada hisobga olinmaydi. Ammo yuqumli kasalliklarga ixtisoslaşgan va yurtimizning qator hududlarida taşkil etilgan Saralaş va taqsimlaş markazlarida bunday bemorlar ham statsionar şaroitda davolanişlari uçun zarur şaroitlar muhayyo qilingan. Hozirda ular şunday maskanlarda davolanişmoqda.

– Tan oliş kerakki, sönggi paytda rasmiy statistika köpçilikni qiziqtirmay qöydi. Ammo uni hamon muntazam e'lon qilib turişdan maqsad nima?
– SSV rasmiy statistikani e'lon qilişda qandaydir şov-şuvga erişiş yoki nimanidir yaşirişni közlamaydi. Har qanday epidemiya yoki pandemiyada JSST tomonidan belgilangan körsatkiçlar izçil hisoblanib borilişi kerak. Bu jahon böyiça barça davlatlar amal qiluvçi talab, busiz kasallikka qarşi kuraşda aniq reja tuzib bölmaydi.

Endi qiziqiş susayganiga kelsak, bu tabiiy. 8 oydirki har kuni bu boradagi xabar kuniga bir neça marta tarqatilmoqda. Bizning özimiz ham bu boradagi qiziqişni oşirişdan manfaatdor emasmiz, ammo kasallik hali butkul çekinmaganini bildirib turişimiz, belgilangan hisob-kitoblarni olib borişimiz şart.