Jizzax viloyati hokimining 2020 yil 30 iyuldagi qaroriga asosan viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari etib Furqat Jöraqulov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Furqat Jöraqulov

F.Jöraqulov 1980 yilda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida tuğilgan. 2001 yilda Özbekiston Milliy universiteti, 2003 yilda Özbekiston Milliy universiteti hamda 2012 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2003 yildan Özbekiston Milliy universiteti jahon falsafasi tarixi va mantiq kafedrasi öqituvçiligidan boşlagan. 

Furqat Jöraqulov ötgan yillar mobaynida ta'lim tizimi hamda mahalliy ijro hokimiyatining turli xil lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2018 yildan bugungi kunga qadar Jizzax Davlat pedagogika instituti öquv işlari böyiça prorektori lavozimida işlab kelgan.

2017 yildan buyon viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy masalalari böyiça örinbosari bölib işlab kelayotgan Botir Töxtamişev Jizzax Davlat pedagogika instituti öquv işlari böyiça prorektori lavozimiga tayinlandi.