Tibbiyot ta'limi ilğor mamlakatlar haqida gap ketganda köplab davlatlarni sanab ötiş mumkin. Ammo fakt şuki, ta'limning boşqa yönalişlari qatori meditsinada ham AQŞ va Buyuk Britaniya universitetlariga yetadigani köp emas.

Nufuzli QS World University Rankings reytingining amaldagi talqiniga köra, dunyodagi eng yaxşi 20ta tibbiyot OTMdan 16tasi AQŞ va Buyuk Britaniyada joylaşgan.

Londondagi Qirol kolleji – King’s College ham ana şu kuçli yigirmatalikdagi universitetlardan biri. Biz Buyuk Britaniyaga safarimiz mobaynida uşbu kollejda bölib, u yerda tibbiyot yönalişida tahsil olayotgan Anvarjon Muhammadaminov bilan suhbatlaşdik.

Anvarjon ayni paytda 4-kursni tamomlagan, bir yildan söng tibbiyot bakalavri diplomini oladi. U asrlardan buyon tibbiyotdan ta'lim berib keladigan maşhur kollejdagi ta'lim jarayonlari haqida hikoya qilib berdi.

Anvarjonning aytişiça, Qirol kollejining Tibbiyot fakulteti – Angliyadagi eng uzoq tarixga ega ta'lim maskanlaridan biri. Ma'lumotlarga köra, fakultet asoslari 1173 yilda ta'lim beriluvçi gospital sifatida oçilgan şifoxonaga borib taqaladi. Muassasa 1550 yilga kelib, rasman tibbiyot oliygohi (medical school) maqomini olgan.

Fakultet şaharning tarixiy markazida, London köprigi yaqinida joylaşgan ekan. Oliygohning uzoq ötmişga ega ekani bir qaraşdayoq közga taşlanadi: örta asrlar Angliyasiga monand arxitekturaviy uslubdagi binolar ohori tökilgan bölsa-da, öz jozibasini yöqotmagan va hamon foydalanişda.

Kampus böylab yurar ekansiz, bir neçta haykallar, soya-salqin xiyobon va çim ustida dars bilan maşğul yoki şunçaki suhbatlaşib ötirgan köplab talabalarni uçratasiz (Britaniyada pandemiya tarqalişidan avval bölib qaytgan edik). Anvarjon bilan fakultetning talabalar bilan töla kutubxonasi, ma'ruza zallari va seminar xonalarida bölib, zamonaviy universitetdagi akademik hayot muhitiga guvoh böldik: turli millat va irqqa mansub, majburiy formasiz, yelkasiga ryukzak ortgan, qölida gadjetlardan taşqari bir neçtalab kitoblar olib yurgan yoşlar, texnologik jihozlangan dars xonalari...