Bu haqda prezidentning 30 iyuldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida belgilangan.

Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi boşqarma boşliği Ahror Ğulomovning sözlariga köra, nafaqa oliş muddatini uzaytiriş uçun heç qanday hujjat talab etilmaydi.

«Farmon bilan iyul-sentabr oylarida nafaqa tölaş muddati tugaydigan oilalar uçun nafaqa oluvçilardan heç qanday qöşimça hujjatlar talab etmasdan, nafaqa oliş muddati yana 6 oyga uzaytirilişi belgilandi.

Iyul oyida nafaqa oliş muddati tugagan oilalar avgust oyi uçun nafaqa tölaş röyxatidan tuşib qolişi mumkin emas. Faqatgina farzandi 2 yoki 14 yoşga tölsa, ular uçun öz-özidan avtomatik ravişda nafaqa tölaş töxtatiladi», – dedi vazirlik vakili 1 avgust kuni AOKAda ötgan brifingda.

Ma'lumot uçun, bola parvarişi böyiça nafaqa (2 yoşgaça) va bolali oilalarga nafaqani (14 yoşgaça) — har bir oila a'zosiga örtaça oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uçun belgilangan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (hozirgi kunda 679 330 söm)ning 52,7 foizidan ortiq bölmagan oilalar olişi mumkin.

2 yoşgaça bölgan bola parvarişi uçun onalarga nafaqa 12 oyga, bolali oilalarga nafaqa 6 oy muddatga tayinlanadi.