Kuni keça Vazirlar Mahkamasining koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida ehtiyojmand oilalarga 150 mlrd söm tarqatilişiga oid farmoyişi e'lon qilindi.

Unga köra, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar rahbarlariga ikki kun muddatda bu mablağlarni Özbekiston «Saxovat va kömak» fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam sifatida tarqatişini ta'minlaş vazifasi yuklatildi.

Sönggi vaqtlarda bu fondga nisbatan xalq tomonidan turli noaniqlik holatlari böyiça savollarning köpaygani va javobsiz qolayotganini inobatga olib, moddiy yordam körsatilgan fuqarolar töğrisidagi ma'lumotlarni özida mujassam etib boruvçi «Moddiy yordam berilgan fuqarolar» platformasini yaratişni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Mazkur maxsus platformada har bir moddiy yordam olgan fuqaro haqidagi ma'lumotlar (fuqaroning roziligi bilan) respublika böyiça şahar, tumanlar kesimida kiritilib, e'lon qilib borilişi şart.

Mazkur platforma ma'lumotlari kelgusida:

1. Belgilangan tartibda röyxatdan ötgan jamoatçilik nazorati vakillariga oçiqlanişi;

2. Jamoatçi aktivistlar guruhlari tomonidan mazkur röyxatlar monitoring qilib borilişi, tanlanma kuzatuv asosida joylarga çiqib «tanlanma signal tekşiruv»larini amalga oşira olişi;

3. Platformada fikrlar, mulohazalar, jamoatçilik nazorati natijalarini yozib qoldiriş imkoniyatlari yaratilişi lozim.

Faqat demokratik jamiyatning asosiy riçaglaridan bölgan xolis jamoatçilik nazoratini örnatiş orqali bu mablağlar talon-taroj bölib ketmasligining oldini oliş mumkin böladi.

Şuningdek, mazkur platformada yiğilib borilgan ma'lumotlardan:

– mamlakatimiz böyiça kambağallik darajasining haqiqiy holatini aniqlaşda;

– kambağal qatlam bilan aniq, manzilli va maqsadli işlaşda, natijaviylikka erişişda;

– kambağal qatlamni yoş, jins, iş faoliyati hamda hududiy yaşaş joyi kabi segmentlarga ajratgan holda tanqidiy tizimli tahlillarni amalga oşirib, aniq faktlarga asoslangan islohotlarni amalga oşirişda foydalaniş;

– kambağal, extiyojmand qatlam töğrisida ma'lumotlarning bunday platformasi kelgusidagi moddiy kömak berilişini davriy amalga oşiriş imkoniyatlarini yuzaga keltiradi.