Prezidentning “Raqobatni ta'minlaş va iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş sohasida davlat siyosatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Belgilanişiça:

Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi öz vakolatlarini barça davlat organlari va taşkilotlari, ularning mansabdor şaxslaridan mustaqil ravişda amalga oşiradi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mutasaddilik qiladigan davlat organlari röyxatidan çiqariladi;

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi iste'molçilarning huquqlari böyiça Ombudsman rolini bajaradi;

Qömitaning raisi Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlisi Senati tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat körsatiş şaroitlari böyiça tegişli ravişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining örinbosariga tenglaştiriladi;

Qömita raisining birinçi örinbosari, örinbosarlari va Agentlikning direktori Qömita raisining taqdimnomasiga binoan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat körsatiş şaroitlari böyiça tegişli ravişda vazirning birinçi örinbosariga tenglaştiriladi.

Belgilanişiça:

a) Qömitaning asosiy vazifalari:

  • raqobatni himoya qiliş borasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş va özlari mas'ul bölgan tarmoqlarda raqobatni rivojlantiriş böyiça davlat organlarining faoliyatini muvofiqlaştiriş;
  • tadbirkorlik sub'yektlarining tovar va raqamli bozorlarga erkin kirişidagi tösqinliklarni bartaraf etişda kömaklaşiş, şuningdek tovar va xizmatlarning erkin harakatlanişini ta'minlaş;
  • xöjalik yurituvçi sub'yektlarning ustun mavqeni suiiste'mol qilişi, «kartel» kelişuvlari va til biriktiriş, nohalol raqobatga çek qöyiş, şuningdek, davlat organlarining raqobatni çeklovçi qarorlar qabul qilişiga va şunday harakatlarni amalga oşirişiga yöl qöymaslik;
  • davlat aktivlarini sotişda, şuningdek, davlat xaridlari va strategik ahamiyatiga ega bölgan xöjalik jamiyatlar va korxonalarining xaridlari davomida raqobatni himoyalaş;