AQŞning boş infeksionisti Entoni Fauçi 31 iyul kuni Kongressning Vakillar palatasida koronavirus inqirozi böyiça tuzilgan komissiya oldida hisobot berdi. Eşituv davomida kongressmenlar undan gidroksixloroxin preparatini COVID-19 terapiyasida qöllaş masalasi haqida ham söraşdi.

Entoni Fauçi siyosatçilar savoliga javoban ma'lum qildiki, yangi koronavirusdan davolaşda gidroksixloroxinni qöllaşning samaradorligi hozirgaça biror marta «oltin standart»ga asoslangan tadqiqotlarda isbotlanmagan.

U, xususan, Henri Ford gospitali tomonidan ötkazilgan va gidroksixloroxin COVID-19`dan ölim darajasini kamaytirişi haqida xulosaga kelingan tadqiqot natijasini tan olmasligini bildirdi.

Fauçining sözlariga köra, uşbu tadqiqotni kamçiliklardan xoli deb bölmaydi. Misol uçun, mazkur klinik sinovlarda gidroksixloroxin berilgan bemorlar bir vaqtning özida kortikosteroidlar ham qabul qilayotgan bölgan.

«Biz boşqa bir tadqiqotdan bilamizki, kortikosteroidlar kasallikning sönggi bosqiçidagi bemorlar orasida ölim darajasini kamaytirişda yordam beradi», – dedi mutaxassis.

https://ok.ru/videoembed/1614711950015

Entoni Fauçining qayd etişiça, bemorlarning tasodifiy tanlanişiga asoslangan va platsebo effekti nazoratga olingan tadqiqotlarning heç birida gidroksixloroxin koronavirusdan samarali ekani haqida xulosaga kelinmagan.

«Qaçondir mana şu talablarga javob beruvçi tadqiqotlar gidroksixloroxinning samarasini tasdiqlasa, men birinçilar qatorida uni tan olib, doridan foydalanişni qöllab-quvvatlayman», – dedi u.

Ma'lumot uçun, Entoni Fauçi – AQŞ Allergik va infeksion kasalliklar milliy instituti direktori, Oq uydagi koronavirusga qarşi kuraş işçi guruhi a'zosi. 79 yoşli mutaxassis pandemiya davrida dunyoning eng yetakçi ekspertlaridan biri sifatida nom qozongan. Koronavirus tarqalişining ilk davrlarida The New Yorker va The New York Times naşrlari Fauçini AQŞdagi eng işonçli tibbiyot olimlaridan biri sifatida e'tirof etgandi.

Eslatib ötamiz, COVID-19 terapiyasidagi ta'siri şubha ostida bölgan gidroksixloroxin JSST tavsiyalaridan çiqarilgan, köplab davlatlar koronavirus bemorlarini davolaşda undan foydalanişni töxtatgan.