AQŞ hukumatining yuqumli kasalliklar böyiça boş eksperti doktor Entoni Fauçi amerikaliklar 2022 yilda ham tibbiy niqob taqişlariga töğri kelişi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Uning sözlariga köra, AQŞ aholisi kelgusi yil ham tibbiy niqob taqişga könikişlariga töğri kelişi mumkin.
Ekspertning fikriça, mamlakatda kasallik avj olişi holatlari ança muddat saqlanib qolişi mumkin. Vaziyatni önglaşga ommaviy emlaş yordam beradi. Fauçi keng miqyosdagi emlaş kampaniyasi boşlanganidan keyingina sanitar çeklovlarni olib taşlaşga kirişiş mumkin deb hisoblamoqda.
"Tibbiy niqoblardan foydalaniş virusning tarqaliş sur'atiga qarab 2022 yilda ham saqlanib qolişi mumkin", - dedi Fauçi.
Ma'lumotlarga köra, AQŞda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq holatlar soni 28,7 milliondan oşgan, 511,1 mingdan ortiq kişi kasallikdan vafot etgan.


















