Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantindan so‘ng bolalarning masjidlarda namoz o‘qishi uchun hech qanday taqiqlar bo‘lmaydi – IIV
Karantin choralari bekor qilinganidan so‘ng O‘zbekistondagi barcha masjidlarda fuqarolarning hech qanday cheklovlarsiz namozlarini jamoa bilan ado etishlari uchun zarur shart-sharoitlar ta'minlanadi. Jumladan, bolalarning ham masjidlarda namoz o‘qishlari mumkin bo‘ladi, deyiladi IIVning rasmiy bayonotida.
«Dunyo miqyosida kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekistonda ham boshqa davlatlardagi kabi namozlarni masjidlarda jamoa bilan o‘qishda cheklovlar joriy qilindi. Bu cheklovlarning barchasi vaqtincha o‘rnatilgan bo‘lib, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining xavfi kamayishi bilan ularni bosqichma-bosqich yechish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, karantin choralari bekor qilinganidan so‘ng O‘zbekistondagi barcha masjidlarda fuqarolarning hech qanday cheklovlarsiz namozlarini jamoa bilan ado etishlari uchun zarur shart-sharoitlar ta'minlanadi.
Shu o‘rinda, Ichki ishlar vazirligi masjidlarga voyaga yetmagan fuqarolar va bolalarning o‘z ota, aka-uka va yaqin qarindoshlari hamrohligida namoz o‘qish uchun erkin kelib-ketishlari mumkinligini eslatib, bunga qonunchiligimizda hech qanday taqiqlar mavjud emasligini alohida ta'kidlaydi», deyiladi rasmiy bayonotda.
Qayd etilishicha, IIV o‘zbekistonliklarning din erkinligi sohasidagi huquqlarini himoya qilishda hamda ushbu yo‘nalishda biror bir qonunga zid to‘siqlar va sun'iy cheklovlar o‘rnatilishiga qarshi kurashishda davom etadi.
Mavzuga oid
10:56 / 17.04.2026
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish yo‘lga qo‘yildi
15:23 / 13.04.2026
«Dejurniy jabrlanuvchilar» ishi. IIV holatni o‘rganmoqda
19:02 / 01.04.2026
“Texpasport”ning amal qilish muddati 2026 yil 1 apreldan keyin olingan guvohnomalarga taalluqli bo‘ladi
10:09 / 31.03.2026