Abat Fayzullayev

Oliy Majlis Senati Kengaşining qarori bilan, ilgari Taşqi işlar vazirligida boşqarma boşliği bölib işlagan Abat Fayzullayev Özbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

37 yoşli yangi elçi Nukus şahrida tuğilgan. U 2000-2007 yillar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakultetida bakalavriat va magistratura dasturlari böyiça tahsil olgan, 2009 yil esa Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi böyiça sirtqi bölimini tugatgan. Taşqi işlar vazirligi va Özbekistonning AQŞdagi elçixonasida turli lavozimlarda işlagan.

Fayzullayev 2019 yil yanvarida taşqi işlar vaziri yordamçisi – TIVning Taşkiliy nazorat boşqarmasi boşliği sifatida iş boşlagan edi.

Abat Fayzullayev respublikaning Avstriyadagi sobiq elçisi, Özbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti hamda Venadagi boşqa xalqaro taşkilotlardagi doimiy vakili Şerzod Asadovning örnini egallaydi.

Şerzod Asadov şu yilning mart oyida taşqi işlar vazirining örinbosari etib tayinlangan edi.

Eslatib ötamiz, sönggi oylarda Qirğiziston, Ukraina, Hindiston va Isroil davlatlarida Özbekistonning yangi elçilari faoliyat boşladi.

ÖzMTRKning sobiq raisi Xurşid Mirzohidov Qirğizistonda, Senatning xalqaro munosabatlar böyiça qömitasining sobiq raisi Alişer Kurmanov Ukrainada, taşqi işlar vazirining sobiq örinbosari Dilşod Axatov