Özbekistonning Ukrainadagi favqulodda va muxtor elçisi tayinlandi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, 2020 yil 13 iyun kuni Özbekistonning Ukrainadagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Alişer Kurmanov Toşkentdan Kiyev şahriga jönab ketdi.
A. Kurmanov avval Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi lavozimida işlagan.
Şuningdek, u Özbekistonning Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimida faoliyat yuritgan.

















