Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida noqonuniy ravişda yer maydonini sotmoqçi bölgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, departament hamda DXXning Oqoltin tumani bölimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Unda S.X. ismli şaxs fuqaro O‘.A.ning işonçiga kirib, «Bahor» MFYdagi boşqa bir fuqaroning 10 sotixli dehqon xöjaligi yer maydonining 5 sotixini göyoki kadastr bölimida işlovçi tanişlari orqali uning nomiga rasmiylaştirib olib berişni va’da qilgani aniqlangan. U «xizmati evaziga» 7,4 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















