«Sönggi yillarda mamlakatimizda yerning hisobini aniq yuritiş va undan samarali foydalaniş, yerlarni özboşimçalik bilan egallaş va noqonuniy qurilişlar qiliş holatlarining oldini oliş, tuman va şaharlarning ma'muriy-hududiy çegaralarini töğri belgilaş masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari tarkibida tuzilgan işçi guruh tomonidan bu masalada aniq çora-tadbirlar belgilanib, tizimli işlar olib borilmoqda. Xususan, poytaxtimiz va Toşkent viloyatining yer maydonlari, ularning özaro çegara hududlarining joylaşuvi çuqur tahlil qilinib, takliflar işlab çiqildi.
Ma'lumki, Toşkent viloyatining 5 ta tumani – Zangiota, Yangiyöl, Quyi Çirçiq, Örta Çirçiq va Yuqori Çirçiq tumanlari ayrim mahallalari Toşkent şahrining katta halqa yöli içiga kirib qolgan.
Misol uçun, Toşkent viloyatining Zangiota tumaniga qaraşli «Xonobod» mahallasi poytaxtning Sergeli va Bektemir tumanlari orasida, yoki Toşkent şahriga qaraşli Uluğbek şaharçasi töliq Toşkent viloyatining Qibray tumani hududida joylaşgan.
Bundan taşqari, Toşkent viloyati tumanlari va şaharlarining özaro çegara hududlarida ham köplab nomutanosibliklar mavjud.
Şu bois, aholiga qulaylik yaratiş maqsadida şahardan Toşkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtimizga 10196 gektar yer maydoni ötkazilişi rejalaştirilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Taqdimotda uşbu takliflar atrofliça körib çiqilgan.

















