5 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda palata saytida ma'lum qilindi.

Yiğilişda köp bolali oilalarning huquqiy maqomini aniq belgilaş qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotida uşbu tuşunçaning bir xilda qöllanilişini ta'minlaş maqsadida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqilib, qabul qilindi.

Ta'kidlanişiça, «köp bolali oila» tuşunçasiga aniq mezonlar belgilanmagani davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan turliça foydalaniş holatlariga sabab bölmoqda. Bu esa öz navbatida amaliyotda huquq normalarini qöllaşda ijtimoiy adolat prinsiplarining buzilişiga olib kelmoqda.

Hozirda «köp bolali oila» tuşunçasi 21ta qonun hujjatida, 5ta qonunda qöllanilib, ularda bu tuşunçalarga turli talqinlar berilgan.

Endilikda mazkur qonun bilan Oila kodeksiga «köp bolali oila» tuşunçasi va uning huquqiy maqomini belgilovçi qöşimça kiritilmoqda.

Unga köra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoşga tölmagan bolasi bölgan oila köp bolali oila hisoblanadi.

Bunda agar 4 nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan köproği ta'limning kunduzgi şaklida öqiyotgan hamda 22 yoşga tölmagan bölsa, bu oila ham köp bolali oilalar toifasiga kiritiladi.

Izohlanişiça, mazkur qonun davlat himoyasiga muhtoj köp bolali oilalarga ijtimoiy adolat prinsipi asosida imtiyozlar berilişiga, jumladan turar-joy, yer ajratiş, soliq tölovlari va boşqa bir qator imtiyozlardan keng foydalanişga huquqiy asos yaratadi.

Eslatib ötamiz, qonun loyihasi aprel oyida Adliya vazirligi tomonidan jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan edi.