Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijdagi o‘zbekistonliklarni vatanga olib kelish bo‘yicha charter reyslar jadvaliga qisman o‘zgartirish kiritildi
Qohira – Toshkent – Qohira yo‘nalishida amalga oshirilishi belgilangan parvoz 16 avgust kuni bajariladi.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun 2 avgustdan 16 avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining jadvaliga qisman o‘zgartirish kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, 5 avgust kuni Qohira – Toshkent – Qohira yo‘nalishida amalga oshirilishi belgilangan parvoz 16 avgust kuni bajariladi.
7-8 avgust Toshkent – Pekin – Toshkent yo‘nalishidagi reys esa 13-14 avgust kunlari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
12:19 / 20.05.2026
«Bir-birimizga yordam berishimiz kerak» – Pekinda Putin va Si muzokaralari boshlandi
15:00 / 29.07.2025