2020 yil iyul oyida ishbilarmonlik muhiti, hozirgi holat va rivojlanish istiqbollari ko‘rsatkichlari o‘rtacha pasayishlarni ko‘rsatdi. Biroq, joriy ko‘rsatkichlar bu yil may oyi natijalaridan yuqori bo‘lib qolmoqda (1-rasm).
1-rasm. Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlarining dinamikasi, rivojlanish istiqbollari va hozirgi holati

Korxonalarni o‘rganish ikki yo‘nalishda olib borildi: biznesning hozirgi holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning keyingi 2-3 oy ichida o‘z bizneslarini rivojlantirish istiqbollariga bo‘lgan umidlari.
Ishbilarmonlik muhitini baholash natijalari
Biznesning hozirgi holatdagi ko‘rsatkichi
Biznesning joriy holat ko‘rsatkichi o‘rtacha pasayishni ko‘rsatdi va o‘tgan oyga nisbatan 11 punktga pasaygan holda 19 punktni tashkil etdi, bu esa biznesning joriy holati bilan bog‘liq ishbilarmonlik kayfiyati o‘rta darajacha ijobiy ekanligini anglatadi (1-jadval).
1-Jadval. O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlarining ahamiyati

So‘rov natijalariga ko‘ra, korxonalarning 30 foizi biznesning hozirgi holatini "yaxshi", 47 foizi - "qoniqarli" va 23 foizi - "yomon" deb baholagan.
Tovarlarga/xizmatlarga talab "yaxshilandi", 32 foiz korxonalar bu haqda xabar berishdi. Bundan tashqari, respondentlarning 32 foizi - "o‘zgarmadi", 32 foizi - "yomonlashgan" deb javob berishgan. Shu o‘rinda, ishchilar soni 17 foiz korxonalar tomonidan - “o‘sdi”, 68 foizi - “o‘zgarmadi”, 15 foizi - “kamaydi” deb qayd etilgan.
Biznesni rivojlanish istiqbollari ko‘rsatkichi
Keyingi 2-3 oy ichida biznesning rivojlanish istiqbollari ko‘rsatkichi 68 punktni tashkil etdi, iyun oyiga nisbatan 6 punktga pasaygan, bu tadbirkorlarning keyingi 2-3 oyda o‘z bizneslarini rivojlanish istiqbollariga nisbatan umidlari ijobiy ekanligidan dalolat beradi (1-jadval).
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, so‘rovda ishtirok etgan korxonalarning 68 foizi biznesni rivojlanish istiqbollarini "yaxshilanmoqda" deb baholagan, 29 foizi "o‘zgarmaydi" va faqat 3 foizi "yomonlashadi" deb taxmin qilishgan.















