DTM boşqarma boşliği Barno Rajabovning sözlariga köra, avgust oyida test sinovlari ötkaziladigan joylarni jihozlaş (stol-stullar, tablolar qöyiş, videokuzatuv örnatiş va h.k.) işlari amalga oşiriladi.
Test sinovlari oçiq stadionlarda, kuniga 2 smenada taşkil etiladi. Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevning ma'lum qilişiça, test sinovlarini ötkaziş uçun respublikadagi 155ta stadion örganib çiqilib, ulardan 40ga yaqini tanlab olingan.
Ob-havo şaroitidan kelib çiqib, imtihonlar kunning qulay vaqtida ötkazilişi, lozim bölgan hollarda abituriyentlar soyabonlar bilan ta'minlanişi ma'lum qilindi.
- Eslatib ötamiz, Prezident Şavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni 2020 yilda oliy ta'lim muassasalariga qabulni taşkil qiliş va 2020/2021-öquv yiliga tayyorgarlik köriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazgan edi. Unda yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligi, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti ançaga çözilib ketişini inobatga olib, test sinovlarini Toşkent va Nukus şaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda taşkil etiş yuzasidan topşiriq berilgan.
Abituriyent koronavirusdan davolanayotgan bölsa, imtihon kunida qanday yöl tutişi kerak?














