Prezidentning “Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasining “Avtoyölinvest” agentligini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Respublika yöl jamğarmasi negizida yöl xöjaligi sohasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya taşkilotlari iştirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça ijroçi organ sifatida Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasining “Avtoyölinvest” agentligi taşkil etiladi.
Agentlik Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi tasarrufidagi Respublika yöl jamğarmasining mol-mulklari va imzolagan şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:
- yöl xöjaligi tizimini takomillaştirişga qaratilgan loyihalarni, şu jumladan xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlarining kreditlari iştirokidagi investitsiya loyihalarini aniqlaş, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini işlab çiqişda iştirok etiş;
- loyihani işlab çiqişda tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qiliş;
- yöl xöjaligi sohasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari iştirokida kredit mablağlarini jalb qilişda iştirok etiş;
- tender savdolari natijasida ğolib bölgan pudrat taşkilotlar bilan tegişli şartnomalar rasmiylaştirilişini taşkil qiliş;
- loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan tizimli monitoring yuritiş, şuningdek, pudratçi taşkilotlar tomonidan yöl xöjaligi sohasi normalari va qoidalari talablariga rioya etilişini tahlil qiliş, loyihalarni amalga oşiriş jarayonida yuzaga kelgan muammolarni öz vakolati doirasida bartaraf etiş çoralarini köriş;
- tegişli vazirliklar va idoralar, şuningdek yöl xöjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oşirişni moliyalaştirişda iştirok etuvçi xalqaro taşkilotlar faoliyatiga kömaklaşiş;
- investitsiya dasturi prognozlarini öz vaqtida ijrosini amalga oşiriş hamda yakunlangan işlarni belgilangan tartibda foydalanişga qabul qilişni ta'minlaş.
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi, Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari qömitasining tarkibiga kiruvçi korxona va taşkilotlarning Respublika yöl jamğarmasi buyurtmaçilik faoliyati böyiça avtomobil yöllarini quriş va ta'mirlaş işlaridan hosil bölgan debitor qarzdorliklarini hamda boşqa korxona va taşkilotlarning undiriş muddati ötgan qarzdorliklarini keçiş töğrisidagi takliflari ma'qullanadi.

















