Bayrutda namoyişçilar Livan energetika vazirligi binosini egallab olişdi.

Avvalroq tartibsizliklar iştirokçilari iqtisodiy, atrof-muhit va taşqi işlar vazirliklari binosiga bostirib kirişgani xabar qilingandi. 

Minglab kişilar hukumat iste'fosi va islohotlar ötkazilişini talab qilib norozilik namoyişiga çiqqan. Ular politsiya xodimlariga turli buyumlar uloqtirgan, politsiya esa közdan yoş oqizuvçi granatalar qöllagan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Bayrutdagi töqnaşuvlarda 230dan ortiq kişi jarohatlangan.

Mamlakat boş vaziri Hasan Diab Al-Mayadeen telekanali orqali çiqişida muddatidan oldin parlament saylovlari ötkazişni taklif qilganini aytgan.