Bayrutda namoyişçilar va kuç işlatiş tuzilmalari örtasida sodir bölgan töqnaşuvlarda 109 kişi jarohatlandi. Bu haqda Livan Qizil xoç jamiyati xabar berdi.
"14 kişi şifoxonaga yotqizildi, 44 kişiga joyida tibbiy yordam körsatilmoqda", - deyiladi xabarda.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, bir guruh namoyişçilar Bayrutning Aşrafiya rayonida joylaşgan taşqi işlar vazirligi binosiga bostirib kirişgan.
Bayrutda hukumat iste'fosini va islohotlar ötkazilişini talab qilib minglab kişilar namoyişga çiqqan. Ular politsiyaçilarga toş va turli buyumlar uloqtirişmoqda. Politsiya namoyişçilarga qarşi közdan yoş oqizuvçi granatalar qöllamoqda.














