Mazkur rolik ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan kulgu va masxara qilindi. Hatto uni turliça talqin qilib, masxara qiluvçilar ham topildi. Maktabgaça ta'lim vazirligi esa videorolik yuzasidan munosabat bildirib, uni tayyorlagan Namangan viloyati, Çortoq tumanidagi 7-sonli maktabgaça ta'lim taşkiloti tarbiyaçisini kasbiy etika qoidalarini buzganlikda aybladi va unga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllanilganini (aynan qanday jazo turi tanlangani aytilmagan) ma'lum qildi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining bir qismi “xayp”ga öç va beşafqatligi ma'lum va maşhur. Biroq, maktabgaça ta'lim vazirligining qabul qilgan qarori yiqilganni ustidan tepkilaş böldi, desak adaşmagan bölamiz. Bunday deyişga esa yetarliça asoslarimiz bor.
Huquqiy me'yorlar nima deydi?
Vazirlik bayonotida 15 iyul kuni uy şaroitida videomaşğulot yozib olayotib, H.N. öz farzandlarini tarbiyaçi kasbiy etikasiga zid ravişda – qöpol tarzda koyib taşlagani, keyinçalik bu lavha videomaşğulot örniga, yangliş ravişda MTT «Telegram» guruhiga joylangani va tezda öçirib taşlangani aytiladi.
43 soniyalik videorolikning 34 soniyasigaça, yoş bolaning baland ovozda qöşiq xirgoyi qilgani eşitilgunga qadar tarbiyaçi xotirjamlik va muloyimlik bilan dars ötmoqda. Faqatgina sönggi soniyalarda kutilmaganda bola ovozi videoga qöşilib ketadi. Tarbiyaçi bundan asabiylaşib, hissiy muvozanatini yöqotadi va farzandini qöpol tarzda koyib taşlaydi.
Tarbiyaçining uşbu harakatlari iş beruvçi tomonidan kasbiy etika qoidalarini buziş, deb topiladi.
Vazirlik ma'lumotida uşbu tarbiyaçi maktabgaça ta'lim tizimida bir neça yildan beri işlab kelayotgani, ötgan davr mobaynida heç qanday nojöya harakatlar sodir etmagani va iş beruvçi tomonidan ijobiy ta'riflangani aytiladi.
Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasi uçinçi qismiga muvofiq intizomiy jazoni qöllanişida sodir etilgan nojöya xatti-harakatning qay darajada oğir ekanligi, şu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi işi va xulq-atvori hisobga olinadi.
Şunday ekan, jazo qöllaşdan avval tarbiyaçi sodir etgan qilmişning oğirlik darajasi baholanişi kerak edi. Bu vaziyatda iş beruvçi tomonidan tarbiyaçi öz farzandiga baqirgani, onaning öz farzandiga öz uyida baqirgani kasbiy etikani buziş emasligi, bundan taşqari, videoning aynan şu versiyasi telegram guruhiga yangliş joylaştirilgani va keyinçalik u öçirilib, xato bartaraf etilgani inobatga olinmagan. Şunçaki, jamoatçilikka “munosib” javob taqdim etilişi uçun tarbiyaçi kör-körona jazolab qöyilgan, xolos.













