Qaror Farğona viloyati Söx tumanining mavjud resurslaridan samarali foydalaniş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalaş, ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmalarini rivojlantiriş, sanoat salohiyatini yanada oşiriş, qişloq xöjaligi, servis va xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş, şuningdek koronavirus pandemiyasi şaroitida aholi bandligini ta'minlaş va daromadlarini oşiriş hisobiga tuman aholisining turmuş darajasini yaxşilaş maqsadida qabul qilingan.
Qaror bilan 2020-2021 yillarda Söx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan.
Quyidagilar Söx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yönalişlari etib belgilanmoqda:
- zamonaviy raqobatbardoş sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça yangi quvvatlarni taşkil etiş va ularni işlab çiqarişni rağbatlantiriş, xizmatlar sohasini rivojlantiriş, tadbirkorlikni yanada qöllab-quvvatlaş;
- qişloq xöjaligini yanada rivojlantiriş, sohada foydalanilmayotgan va foydalanişdan çiqib ketgan yerlarni özlaştiriş, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oşiriş, çorvaçilik, şu jumladan parrandaçilik va baliqçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş;
- yöl-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirişga, aholining uy-joy maişiy şaroitlarini yaxşilaşga, soğlomlaştiriş va madaniy hordiq çiqarişini taşkillaştirişga qaratilgan tadbirlarni amalga oşiriş, tuman markazini obodonlaştiriş;
- ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, tibbiyot sohasi va pedagog xodimlarning mehnatini yanada rağbatlantiriş, tumanda oliy ma'lumotli mutaxassislarga bölgan ehtiyojni qondiriş, ta'lim va tibbiyot xizmatlari sifatini oşiriş;
- aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşni yanada kuçaytiriş, ularning iş bilan bandligini ta'minlaş.
Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Dasturni amalga oşirişning asosiy ustuvor yönalişlarini inobatga olgan holda Dasturning maqsadli parametrlari va moliyalaştiriş manbalari asosida 2020-2021 yillarda Söx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlarining manzilli dasturini tasdiqlaydi.
Şuningdek, qaror bilan Söx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturini amalga oşiriş böyiça respublika işçi guruhi tarkibi tasdiqlangan.
















