Farğona viloyatining Söx tumanida tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz işlaşini ta'minlaş, aholini ijtimoiy himoyalaş maqsadida 2020 yilda jismoniy şaxslar yer soliği va mol-mulk soliğini tölaşdan ozod etiladi. Bu Özbekiston Respublikasi prezidentining «2020-2021 yillarda Farğona viloyatining Söx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida öz aksini topgan.
Şuningdek, joriy yil 1 avgustdan boşlab 2021 yil 31 iyulga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği amaldagi qat'iy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida kredit foiz stavkasining 10 foizli punktidan yuqori bölgan qismini, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oşmagan miqdorini Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi hisobidan kompensatsiya qiliş tartibi joriy etiladi.
Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda Söx tumani aholisiga yangi uy-joy qurişlari uçun ipoteka kreditlari ajratilişini ta'minlaydi.
Prezident qaroriga köra, Söx tumani hokimiga Farğona viloyati hokimligi bilan kelişgan holda 2022 yil 1 yanvarga qadar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturiga kiritilgan loyihalar uçun, istisno tariqasida, suğoriladigan yer maydonlaridan taşqari yer uçastkalarini töğridan töğri ajratiş huquqi berilmoqda.

















