Politico naşrining xabar berişiça, Respublikaçilar partiyasining eng yirik homiysi hisoblangan 87 yoşli Adelson pandemiya vaqtida iqtisodiyotni jonlantiriş haqida suhbatlaşiş uçun bir hafta avval Trampga qönğiroq qilgan. Biroq Oq uy rahbari suhbat vaqtida gapni asosiy mavzudan prezident poygasi muammolariga burib yuborib, milliarderni uning saylovoldi kampaniyasini yetarliça moliyalaştirmayotganlikda ayblagan. 

AQŞ prezidenti Adelsondan nima uçun biznesmen uni qöllab-quvvatlaşga kam mablağ sarflayotganini söragan. Milliarderning bu tanbehga nima deb javob bergani noaniq, biroq endilikda respublikaçilar Tramp boş homiysisiz qolişidan xavotirlanişmoqda.

Şeldon Adelson amerikalik biznesmen bölib, Forbes’ning iyuldagi ma'lumotlariga köra, uning boyligi 30,8 mlrd dollarni taşkil qiladi. U bu körsatkiç bilan eng boy odamlar reytingida 28-örinni egallamoqda.