Uşbu niqob eng yuqori himoya darajasiga ega. Uning narxi taxminan 1,5 mln dollar turadi, deb Yvel zargarlik firmasi egasi Isaak Leviga tayanib ma'lum qilgan The Times of Israel naşri.
Himoya niqobi 3,6 ming dona oq va qora brilliantlar bilan qoplangan. Uning oğirligi 240 grammni taşkil qilib, bu oddiy tibbiy niqob oğirligidan taxminan 100 marta oşiqroq.
Niqob eng yuqori sifatdagi N99 filtri bilan jihozlangan.
Niqobni AQŞda yaşovçi xitoylik tadbirkor buyurtirgan. U qöygan asosiy talablar şundan iborat bölganki, antiqa niqob 2020 yil oxirigaça tayyor bölişi va dunyodagi eng qimmat niqob bölişi kerak bölgan.

















