Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda buyum bozorlari va jamoat transporti faoliyatiga ruxsat berildi
10 avgustdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi ruxsati bilan Nukus shahrida A.Dosnazarov, To‘rtko‘l guzari va Sharof Rashidov ko‘chalari bo‘ylab avtobuslar qatnovi qayta tiklandi. Shuningdek, shu kundan boshlab Nukus savdo kompleksi faoliyatiga ruxsat berilgan. Bu haqda Kun.uz'ga Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Nukus buyum bozori shahar tashqarisidagi ochiq maydonda joylashgan. Hozirda bu yerda dezinfeksiyalash ishlari olib borilmoqda. O‘rnatilgan qat'iy tartibga ko‘ra, bozordagi tadbirkorlar faoliyati qayta tiklanmoqda.

Bozordagi kiyim-kechak, maishiy texniklar savdosi va tikuv sexlari faoliyatiga ruxsat berilgan. Bugundan bozor hududida obodonlashtirish ishlari boshlangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining ma'lum qilishicha, hozirda bozorga 9 yo‘nalishda 45ta avtobus qatnovi qayta tiklangan.

«Besh oy uyda o‘tirdik. Yo oylik olmaymiz, yo pensiya olmaymiz. Juda qiynaldik. Bozor faoliyatiga ruxsat berilgani tadbirkorlar uchun ham, xaridorlar uchun juda yaxshi bo‘ldi», deydi nukuslik tadbirkor Zuhra Sadiqova.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Qoraqalpog‘istonda karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:53 / 15.05.2026
Pokiston Qoraqalpog‘istonda qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
08:48 / 04.05.2026
Qoraqalpog‘istonda Kadastr bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
11:37 / 28.04.2026