Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya yöqolib qoldi. Bu haqda uning matbuot kotibi Anna Krasulinaga tayanib Euroradio Telegram-kanali xabar tarqatdi.

Krasulinaning sözlariga köra, Tixanovskayaning smartfoni işlayapti, lekin u qönğiroqlarga javob bermayapti. Birlaşgan muxolifat ştabidagilar uning qayerdaligini bilişmayapti.

Avvalroq Tixanovskaya uç soatga yaqin vaqtini ötkazgan markaziy saylov komissiyasi binosini tark etgani xabar qilingandi.

«Söngra Svetlana çiqdi. U advokatiga qaror qabul qilganini aytgan va u bilan xayrlaşgan. U orqa eşikdan çiqib ketgan. U qanday qaror haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmagan», — dedi Krasulina.

Belarusda 9 avgust kungi prezidentlik saylovidan norozi bölgan namoyişçilar va kuç tuzilmalari xodimlari örtasida töqnaşuvlar bölib ötmoqda. Ekzitpolga köra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukaşenko 80 foizdan ortiq, muxolifat yetakçisi Tixanovskaya esa 10 foizdan kamroq ovoz töplagan.