Bu yilgi yangi öquv yilidan boşlab respublikaning 1200ta maktabida qoğoz kundaliklar va jurnallar bekor qilinadi. 

Xalq ta'limi vazirligi xabariga köra, bu bir tomondan öqituvçilarni qoğoz jurnallarni töldiriş va hisobotlarni qölda yozişga ketadigan vaqtlarini iqtisod qiliş bilan birga, ota-onalar va maktab orasida elektron hamkorlikni yanada yuqori darajaga kötarişga xizmat qiladi. 

Elektron kundalik onlayn rejimda maktabdagi barça voqealar va bolaning baholaridan xabardor böliş, sinf rahbarlari va boşqa öqituvçilar bilan aloqani uşlab turiş hamda bolaga ta'lim jarayonidagi qiyinçiliklarni yengib ötişiga öz vaqtida yordam beriş imkonini yaratadi. 

Kundalik.com TAS-IX zonasida joylaşgan bölib, platforma bilan işlaganda barça operatorlar, jumladan mobil operatorlar tomonidan internet-trafik sarflanmaydi. Foydalanuvçilar haqidagi hamma ma'lumotlar “Özbektelekom” serverlarida saqlanadi. Bu ta'lim jarayonining barça iştirokçilari haqidagi şaxsiy ma'lumotlar işonçli himoya ostida ekanini bildiradi. 

Uşbu tizimga töliq ötiş orqali, ota-onalar sinf rahbari bilan “Telegram” va boşqa messenjerlar orqali boğlanişiga hojat qolmaydi, natijada unga ketayotgan trafik ham iqtisod qilinadi va “Telegram” orqali şaxsiy ma'lumotlarni tarqab ketişi oldi olinadi, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilişiça, oxirgi 2 yilda öqituvçilar uçun majburiy bölgan 7 ta hujjat örniga, faqat şu 1 dona elektron jurnal tizimi bilan işlaş böyiça imkoniyat yaratildi. Qoğozdan butunlay voz keçib, elektron jurnalga ötilişi öqituvçining ham işini yengillaştiradi va vaqtini tejaş imkonini beradi. Tejalgan vaqtni öqituvçi öquvçilar bilan ijodiy işga yoki özining kasb mahoratini oşirişga sarflaşi mumkin. 

Xalq ta'limi vazirligi 2020-2021 öquv yili boşlanişidan oldin Toşkentdagi barça hamda viloyatlardagi mingga yaqin maktab öquvçilarning ota-onalariga qoğoz kundalik xarid qiliş örniga uning elektron muqobili Kundalik.com'ga obuna böliş zarurligini ma'lum qilgan. Elektron kundalik joriy etilayotgan respublikaning qolgan hududlaridagi maktablardagi ota-onalarga maktab ma'muriyati tomonidan bu haqda e'lon qilinadi.

Kundalik.com'ga obuna böliş bahosi qoğoz kundalikning örtaça bahosiga teng (bir yilga 10 ming söm). Dastlabki oy davomida ota-onalar tizimdan sinov tariqasida foydalaniş imkoniyati mavjud.