Özbekiston Taşqi işlar vazirligi COVID-19 pandemiyasi tufayli joriy etilgan çeklovlar şaroitida Özbekistonga kiriş va çiqiş tartibi töğrisida ma'lumot berdi.
COVID-19 pandemiyasi bilan boğliq karantin çoralari davrida fuqarolarning Özbekiston Respublikasiga kiriş tartibi
1. 2020 yil 15 iyundan boşlab, quyidagi toifadagi fuqarolarga aviaqatnovlar orqali Özbekistonga kiriş uçun karantin çoralari soddalaştirildi:
- xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari hamda ularning oila a'zolari;
- investitsiya loyihalari doirasida xorijiy kompaniya va boşqa taşkilotlarning Özbekistonda işlayotgan mutaxassislari;
- davolaniş uçun kelayotgan şaxslar;
- Özbekistonda «doimiy yaşaş joyiga ega» xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslar.
Uşbu toifadagi fuqarolar mamlakatga kiriş uçun ruxsatnoma sörab Özbekiston Respublikasining tegişli organlariga murojaat qilişlari şart emas.
2. Xorijda vaqtinça bölib turgan yoki çet elda doimiy asosda yaşovçi va vatanga aviaqatnovlar orqali qaytişni istayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakat hududiga kirişlarida heç qanday çeklovlar közda tutilmagan.
3. Özbekistondan tranzit orqali boşqa davlatga ketayotgan çet el fuqarolarning mamlakat hududidan ötişlariga xorijiy davlat diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasining Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligiga avvaldan qilgan sörovlari asosida ruxsat beriladi.
COVID-19 pandemiyasi bilan boğliq karantin çoralari paytida fuqarolarning Özbekiston Respublikasidan çiqiş tartibi
1. 2020 yil 15 iyundan boşlab, quyidagi toifadagi Özbekiston fuqarolariga aviaqatnovlar orqali Özbekistondan çiqib ketiş uçun karantin çoralari soddalaştirildi:














