Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, Özbekistonda 17 avgustdan diniy taşkilotlar faoliyatiga ruxsat beriladi. Şu bilan birgalikda, masjidlarda hozirça juma namozlari öqilişi boşlanmaydi.
«17 avgustdan diniy taşkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya işlarini amalga oşiriş hamda qat'iy ijtimoiy masofani saqlaş çeklovlariga rioya etilişini ta'minlagan holda) ruxsat beriladi. Bunda, diniy taşkilotlarda juma va şanba-yakşanbalik diniy xizmatlarni vaqtinçalik amalga oşirmaslik talab etiladi», deyiladi komissiya axborotida.
Eslatib ötamiz, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan e'tiboran 1 avgustga qadar diniy taşkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati töxtatilgan edi. Keyinroq Maxsus komissiyaning 26 iyuldagi qaror bilan karantin çeklovlari 15 avgustga qadar uzaytirilgandi.


















