Vazirlikning axborot xizmati rahbari Rahimjon Mahkamov AOKA qoşida taşkil etilgan brifingda karantindan söng davlat va xöjalik yurituvçi taşkilotlar xodimlari, xususan ta'lim muassasalari xodimlarini haşarga jalb etiş masalasiga munosabat bildirdi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi «Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 349-son qarorining 2-bandiga muvofiq, haşarlar faqatgina:
- umumxalq haşarini ötkaziş töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli hujjati yoki Vazirlar Mahkamasining qarori mavjud bölganda;
- unda iştirok etadigan şaxslar mehnat qiladigan tegişli taşkilot hududida mehnatni muhofaza qiliş va xavfsizlik normalariga qat'iy rioya etilgan holda ötkaziladi.
«Şu sababli, karantin vaqti bölişidan qat'i nazar vakolatli organning tegişli hujjati bölmaganida haşar ötkaziş bahonasi bilan majburiy ravişda obodonlaştiriş işlariga jalb qiliş - majburiy mehnat deb hisoblanadi hamda uşbu harakat mehnat qonunçiligiga ziddir.
Şuningdek, Özbekiston prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi «Yoşlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalaş, ularga ta'lim-tarbiya beriş tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida» gi qarorining 16-bandida xalq ta'limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan boğliq bölmagan işlarga, majburiy mehnatga, şu jumladan, tuman va şaharlar hududlarini obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş işlari, mavsumiy qişloq xöjaligi işlari hamda boşqa turdagi işlarga, ularning kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan yiğilişlar va boşqa tadbirlarga jalb qiliş taqiqlangan. Buni yangi öquv yili boşlanişidan avval yana bir karra eslatib ötişimiz örinli deb hisoblayman», — deydi u.
Karantin çoralari yumşatilgandan söng, Buxoroning Peşko‘ tumanida joylaşgan sport maktabi direktori xodimlarni majburiy mehnatga jalb etgani holati aniqlangandi. Şundan söng, Sport vazirligi ham rasmiy munosabat bildirdi.












