UzAuto Motors arznomasi 10 avgust kuni ÖzLiDePning Qonunçilik palatasidagi fraksiyasining navbatdagi yiğilişida körib çiqilgan.

«10 avgust kuni ötgan fraksiya yiğilişida hukumat tomonidan kiritilgan bir qator qonun loyihalari bilan birga UzAuto Motors AJning parlamentga yöllagan xati fraksiya a'zolari tomonidan atrofliça muhokama etildi.

Xatda e'tirof etilişiça, ÖzLiDeP fraksiyasi a'zosi, deputat Rasul Kuşerbayev tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda, elektron ommaviy axborot vositalarida monopol taşkilotga nisbatan aytiş lozimki, fuqarolar, saylovçilar tomonidan bildirilgan noroziliklar asosida aytgan fikrlari «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining işçanlik obrösiga putur yetkazuvçi ma'lumotlar deb baholanmoqda.

Aksiyadorlik jamiyati bu borada bir qator asoslarni ham keltiradi», – deb yozgan Şarofutdinov.

Deputatga köra, UzAuto Motors'ning arznomasidagi bir neça holatlari uni taajjubga solgan.

«Birinçidan, Özbekiston Konstitutsiyasining 10-moddasiga havola qilinib, xalq tomonidan saylangan Qonunçilik palatasining deputatini «alohida şaxs», ya'ni vakolatli emasligiga işora qilinib, Özbekiston xalqi nomidan iş olib borişga xaqli emas, degan talqin keltirilmoqda.

Şu örinda, eslatib ötmoqçi edikki, uşbu moddada keltirilgan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarkibi quyi va yuqori palatalardan iborat bölib, xalq tomonidan saylangan deputatlar va Senat a'zolaridan (asosan mahalliy Kengaş deputatlari içidan saylanadigan) şakllantiriladi hamda ular qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida ularni saylagan xalq nomidan faoliyat olib borişadi.

«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida «…deputat fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buziş hollari yoki qonun hujjatlarini buzişning boşqa hollari ma'lum bölib qolgan taqdirda ularga darhol çek qöyiş çoralarini köriş talabi bilan tegişli organlar hamda mansabdor şaxslarga murojaat etişga haqli» – deb belgilab qöyilgan.

Demak, Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev öz vakolati doirasidan çetga çiqmagan holda iş yuritgan.

Ikkinçidan, deputat öz çiqişlarida UzAuto Motors aksiyadorlik jamiyatining öz tovarlariga qonun hujjatlariga asosan mustaqil ravişda narxlar va tariflarni belgilaş huquqiga daxl etgani yöq, aksinça UzAuto Motors yillar davomida aynan monopol taşkilot sifatida, raqobatning yöqligi şaroitida öz hisob-kitoblari böyiça tovarlariga yuqori narxlar belgilab kelayotganini tanqid ostiga olgan va fuqarolarning arz-u dodlariga quloq solişni söragan.