Içki işlar vaziri, general-leytenant Pölat Bobojonov ÖzA muxbiri bilan suhbatda xodimlar tomonidan fuqarolarning huquqlarini buziş, ularga tazyiq ötkazişning oldini olişga qaratilgan çoralar haqida gapirib berdi.
Uning ta'kidlaşiça, joriy yil 30 mayda Andijon şahrida, yanvar oyida Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida içki işlar xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar keçirib bölmas holatdir. Bu tizim şa'niga katta doğ tuşirgan.
“Ularning xatti-harakati – xalqning keng muhokamasiga, içki işlar organlariga nisbatan salbiy fikrlar şakllanişiga va tizimda halol işlayotgan minglab xodimlar mehnatini puçga çiqarişga sabab böldi.
Barçaning e'tiborini şunga qaratmoqçimanki, agar içki işlar bölimiga olib kelingan şaxsga nisbatan jarohat yetkazilganligi aniqlansa, bu favqulodda hodisa sifatida baholanadi. Zudlik bilan işçi guruh tuzilib, voqeaning barça tafsilotlari örganiladi.
Ilgari bunday salbiy holatlar ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilmasdi, aholi xabardor etilmasdi va bu bizning faoliyatimizga xolis baho berişga qaysidir ma'noda tösqinlik qilardi.
Içki işlar organlari xodimlari orasida, afsuski, özinikini töğri, deb bilib, notöğri yöldan borayotgan, öz manfaatlarini xalq manfaatlaridan ustun qöyadigan, adaşgan xodimlar ham uçramoqda. Bundaylarni aniqlab, tizimdan böşatyapmiz, ularning rahbarlariga nisbatan intizomiy çoralar köryapmiz”, - deydi vazir.
Uning aytişiça, joriy yilda bevosita vazirlikning öz xavfsizligi xizmati xodimlari taşabbusi bilan fuqarolarni noqonuniy uşlab, zöravonlik qiliş bilan boğliq 5 holat aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy çora köriş uçun materiallar prokuratura idoralariga yuborildi.
Joriy yilning ötgan davrida Içki işlar vaziri, vazir örinbosarlari, vazirlikning sohaviy xizmatlari rahbarlarining har biri joylarda ikki-uç marta eng quyi böğinda xizmat qilayotgan safdor xodimlargaça bölgan darajadagi şaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy-profilaktik yiğilişlar ötkazdi.
“Tadbirlarning yakuni böyiça xizmat intizomini buzuvçi 822 nafar xodimning xatti-harakatlari mehnat jamoalari va xodimlarning oila a'zolari va ota-onalari iştirokida körib çiqildi. Natijada 173 nafari tizimdan böşatildi, 114 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 65 nafar rahbarlar rotatsiya qilinib, boşqa lavozimlarga ötkazildi.

















