Prezidentning “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • ta'lim tizimida öquv-tarbiya jarayonlarini, kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş sifatini nazorat qiliş, pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş, malaka toifalarini beriş va ularni sertifikatlaş böyiça davlat siyosatini amalga oşiriş;
  • ta'lim taşkilotlarida ta'lim sifati madaniyatini (quality culture) şakllantiriş va ta'lim sifatini oşirişga har tomonlama kömaklaşiş;
  • xorijiy tajribada sinovdan ötgan ta'lim sifatini oşirişning preventiv, ta'sirçan va samarali mexanizmlarini ta'lim faoliyatiga tatbiq etiş;
  • mulkçilik va taşkiliy-huquqiy şakllaridan qat'i nazar ta'lim taşkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş;
  • nodavlat ta'lim taşkilotlari va davlat oliy ta'lim muassasalarining ta'lim faoliyatini litsenziyalaş hamda ular tomonidan litsenziya talablari va şartlariga rioya etilişini nazorat qiliş;
  • ta'lim oluvçilar bilim, könikma va malakalarining davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari hamda ta'lim dasturlariga muvofiqligini nazorat qiliş;
  • xorijiy davlatlarda olingan ta'lim töğrisidagi hujjatlarni tan oliş va Özbekiston Respublikasida berilgan ta'lim töğrisidagi hujjatlar va kvalifikatsiyalarni xalqaro ta'lim hamjamiyatida tan olinişiga har tomonlama kömaklaşiş;
  • ta'lim va fan sohasi taşkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qöyiş;
  • dunyoning nufuzli reyting taşkilotlari indikatorlari hamda milliy reytingni aniqlaş böyiça xalqaro tajribaga muvofiq işlab çiqilgan mezonlar asosida ta'lim taşkilotlari milliy reytingini aniqlaş va rasman e'lon qiliş, ta'lim taşkilotlariga reytingdagi örnini yaxşilaş böyiça tavsiyalar beriş;
  • ta'lim oluvçilarning bilim va savodxonlik darajasini hamda kompetentligini baholaş böyiça xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Özbekiston Respublikasining iştirokini ta'minlaş;
  • dunyoning yetakçi reyting taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş va oliy ta'lim taşkilotlarining uşbu reytinglarga kirişiga har tomonlama kömaklaşiş;
  • ta'lim sifatini ta'minlaş sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlaş, ularning kelib çiqiş sabablari va şart-şaroitlarini bartaraf etiş çoralarini köriş borasida kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş;