Bu körsatkiç yildan yilga oşib borib, 2017 yilda 31 ming 950 ta, 2018 yilda 32 ming 300 va 2019yilning 11 oyi davomida 28 ming 755 taga yetgan.

Töğri, Özbekistonda oilaviy muammo va nizolarni hal qilişga qaratilgan bir qator hujjatlar qabul qilinmoqda. Bu borada hokimlik va uning tizimidagi mahalla va fuqarolar yiğinlarining vakolatlari ham oşirildi, biroq ajrimlar darajasi kamayayotgani yöq, aksinça, raqamlar ayovsiz ösişda davom etmoqda.

Kun.uz muxbiri «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining sobiq rahbari va hozirda Oliy majlis senati a'zosi Dilorom Toşmuhammedova bilan intervyu uyuştirdi hamda mavzu yuzasidan qator savollarga javob oldi.

— Bizda davlat hokimiyatining oila institutiga haddan taşqari köp aralaşuvini, ta'sirini kuzatiş mumkin. Hatto buni oqlovçi qonuniy asoslar ham yaratib qöyilgan. Bu aralaşuvlar esa ajrimlarning oldini oliş, unga qarşi kuraşiş bilan izohlanadi.

Ammo köryapmizki, bu ta'sir kuçi qançalik oşmasin Özbekistonda ajrimlar soni kamayayotgani yöq.

Siz deyarli ikki yil davomida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazida rahbar sifatida işladingiz. Bu sohada tajribangiz bor. Ayting-çi, davlat va oila institutlarining özaro munosabatlari töğri taşkil qilingan jarayonda qanday bölişi kerak?

— Nihoyatda murakkab savol. Lekin keling, çuqurroq bir fikr yuritib köramiz. Siz hozir oilaga institutiga davlatning aralaşuvi köp deb eng oxirgi bosqiçini gapiryapsiz.

Aslida oila bu qanday institut? U har qanday jamiyatning özagi, har bitta davlatning eng asosiy, bazaviy qismi. 

Bizda oila böyiça alohida moddalar konstitutsiyada ham yozilgan. Qolaversa Oila kodeksi mamlakatdagi asosiy qonunlardan biri sifatida qöllanilyapti. Şu nuqtayi nazardan, oila xalqimiz uçun nihoyatda muhim. U eng azaliy va qadimiy qadriyat. Bu qadriyatlarni esa biz uçun öziga xos afzalliklari bor. Masalan, yoşlarning kattalar va oilani qadrlaşi.

Boşqa davlatlarning tarixini köring. Ularning hammasi ham islom sivilizatsiyasiga havas bilan qaraşgan, örganişgan.

Bilasiz, inson kamoloti borasida bizning ota bobolarimiz tomonidan juda köp asarlar yozilgan. Ularda esa insonning faqat oilada kamolotga erişişi yoziladi. Şu ma'noda ham oilani e'zozlaş bizning xalqni qon-qoniga singib ketgan qadriyat hisoblanadi.